Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

Batafsil
VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

Batafsil
VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

Batafsil
VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

Mo‘g‘uliston Korrupsiyaga qarshi mustaqil idorasi bilan anglashuv memorandumi imzolandi

Batafsil
Mo‘g‘uliston Korrupsiyaga qarshi mustaqil idorasi bilan anglashuv memorandumi imzolandi

Istanbul harakatlar rejasi 5-bosqich monitoringining Bazaviy Hisoboti va "Yo‘l xaritasi" muhokama qilindi

Joriy yilning 27 may kuni  Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) Aksilkorrupsiya tarmog‘i Istanbul harakatlar rejasi doirasidagi 5-raund Bazaviy hisoboti va O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi islohotlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, IHTT va xalqaro hamkor tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi. Unda  Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov, AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Jonatan Henik hamda IHTT Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi rahbari Yuliya Fromgols (onlayn), shuningdek, masʼul vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari, xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.

Maʼlumot uchun: Istanbul Harakatlar rejasi Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlari uchun IHTT Aksilkorrupsiya tarmog‘ining mintaqaviy dasturi bo‘lib, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Mo‘g‘uliston, Tojikiston, Ukraina hamda O‘zbekiston davlatlarini qamrab oladi. Uning doirasida aʼzo davlatlar tomonidan BMTning korrupsiyaga qarshi konvensiyasi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro standartlarning milliy amaliyotga joriy etilishi holati tahlil qilib boriladi.

Taʼkidlanganidek, IHTT tomonidan taqdim etilgan Istanbul harakatlar rejasi bugungi kunda O‘zbekistonda ham korrupsiyaga qarshi kurashish islohotlarini amalga oshirishda muhim yo‘nalish sifatida xizmat qilmoqda. U faqat erishilgan yutuqlarni baholabgina qolmasdan, balki eʼtibor berilishi lozim bo‘lgan ustuvor sohalarni aniqlab bermoqda.

Xususan, 2024-yil O‘zbekistonda amalga oshirilgan  5-bosqich monitoringi va baholash tizimi to‘qqizta samaradorlik sohasi, yaʼni korrupsiyaga qarshi siyosat, manfaatlar to‘qnashuvi va mol-mulk deklaratsiyasi, xabar beruvchini himoya qilish, biznesning yaxlitligi, davlat xaridlarida halollik, sud hokimiyatining mustaqilligi, prokuraturaning mustaqilligi, korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan muassasalar, korrupsiya jinoyatlari uchun taʼqib qilishni o‘z ichiga oldi.

Yakunda O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng yuqori baholanib, IHTT vakillari tomonidan mamlakatimizdagi so‘nggi islohotlar ijobiy tendensiyasi eʼtirof etildi. Shu jumladan, O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida fuqarolik jamiyati institutlarining roli oshganligi alohida taʼkidlandi. Shuningdek, davlat xaridlari va biznesda halollik yo‘nalishlarida O‘zbekiston ko‘rsatkichlari yaxshilangan.

Bularning barchasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyovning siyosiy irodasi, shuningdek, mamlakat parlamenti va ijro hokimiyati idoralarining saʼy-harakatlari samarasi hamda xalqaro hamkorlarning yaqin ko‘magi va hamkorligining amaliy natijasi sifatida qayd etildi.

Tadbirda monitoring natijalari bo‘yicha yuqorida qayd etilgan har bir yo‘nalish asosida IHTT  tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar eʼtibor markazida bo‘ldi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha  amaliyotga yo‘naltirilgan, aniq va samarali tavsiyalar, ularni amalga oshirish choralari muhokama qilindi. Ayni jarayonda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati vakillari ham o‘z fikr va mulohazalari bilan faol ishtirok etdi.

Muhokamalarda  hisobot natijalari va ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashuvchi idoralarning mustaqilligi va samaradorligini, sudya va prokurorlarni tayinlash  va hisobdorlik jarayonlarining shaffofligini oshirish, “vistlblouerlar”, yaʼni xabar beruvchilarning himoyasi mexanizmlarini, shuningdek, mol-mulk va manfaatlar to‘qnashuvini deklaratsiya qilish tizimini takomillashtirish, davlat xaridlari va xususiy sektorda halollikni oshirish, korrupsiyaviy jinoyatlar uchun jazoning muqarrarligini taʼminlash kabi yo‘nalishlarga eʼtiborni yanada kuchaytirish lozimligiga urg‘u berildi.

Tadbir doirasida IHTT tomonidan taqdim etilgan tavsiyalar asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” loyihasi keng muhokama qilinib, uni amalga oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Mazkur muloqot nafaqat Bazaviy hisobot va “Yo‘l xaritasi” loyihasi taqdimoti, balki tajriba almashish, milliy islohotlarni xalqaro mezonlarga moslashtirish va hamkorlik aloqalarini yanda mustahkamlash maydoni sifatida xizmat qildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot agentligi

 

 

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar