Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil

Toshkent shahar adliya boshqarmasi (sobiq Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining Toshkent shahar boshqarmasi) sobiq mansabdor shaxslari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yuridik va jismoniy shaxslardan ortiqcha yoki xatolik tufayli ikki marotaba to‘langan 864 mln so‘mlik byudjet mablag‘larining talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holat bo‘yichap prokuratura organlari tomonidan aybdor shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi va 209-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Davlat xavfsizlik xizmati organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan o‘rganishda ayrim davlat xizmatlaridan kelib tushgan mablag‘larning byudjetga va boshqa vazirlik, idoralarning byudjetdan tashqari jamg‘armalariga noto‘g‘ri taqsimlanganligi aniqlandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha to‘plangan hujjatlar jinoyat ishiga qo‘shib hal qilish uchun prokuratura organlariga yuborildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar