Davlat xaridlari jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklar orasida manfaatlar töqnaşuvi va affillangan kompaniyalar bilan boğliq holatlar qança uluşni taşkil etadi?
Maʼruf Hikmatillayev, Podrobno.uz internet naşri:
Davlat xaridlari jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklar orasida manfaatlar töqnaşuvi va affillangan kompaniyalar bilan boğliq holatlar qança uluşni taşkil etadi? Komplayens-nazorat bölinmalari tomonidan bunday holatlarni şartnomalar tuzilişidan avval oldi olingan aniq misollar mavjudmi?
Xavf-tahlil markazi tomonidan ötkazilgan örganişlar davomida 57,5 milliard sömlik 24 ta davlat xaridida manfaatlar töqnaşuvi, 239,9 milliard sömlik 90 ta davlat xaridida esa affillanganlik bilan boğliq qonunbuzilişi holatlari aniqlanib, bartaraf etilgan.
Şuningdek, komplayens-nazorat tuzilmalari tomonidan joriy yilning 10 oyi davomida 18 970 ta ehtimoliy manfaatlar töqnaşuvi holati aniqlanib, ularning oldi olindi. Bundan taşqari, 1 689 ta mavjud manfaatlar töqnaşuvi holati bartaraf etildi.
Manfaatlar töqnaşuvi töğrisidagi qonunçilik talablarini buzganlik holatlari yuzasidan esa 322 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirildi.