Virtual qabulxona

Oçiqlik indeksi va Korrupsiyaga qarşi kuraşiş işlari samaradorligi reytingida ketma-ket “qizil” hududga tuşayotgan davlat taşkilotlari rahbarlariga nisbatan ogohlantirişdan taşqari qanday qatʼiy javobgarlik çoralari körilmoqda?

Asosiy yangiliklar 28 marta körilgan

Norgul Abduraimova, Özbekiston Milliy axborot agentligi:

Agentlikning Oçiqlik indeksi va Korrupsiyaga qarşi kuraşiş işlari samaradorligi reytingida ketma-ket “qizil” hududga tuşayotgan davlat taşkilotlari rahbarlariga nisbatan ogohlantirişdan taşqari qanday qatʼiy javobgarlik çoralari körilmoqda?

2025-yil yakunlari böyiça “Oçiqlik indeksi” natijalariga köra, davlat organlari va taşkilotlarining 9 tasi 55 balldan past natija qayd etib, “qizil” toifada baholangan.

Agentlik tomonidan mazkur taşkilotlarda oçiqlikni taʼminlaş sohasida yöl qöyilgan kamçiliklar yuzasidan PF–154-son Farmon talablari asosida oçiqlikni taʼminlaşga masʼul xodimlariga nisbatan intizomiy javobgarlik çoralarini qöllaş böyiça takliflar kiritilgan va körilgan çoralar natijasida:

  • 2 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etilgan va ular bilan tuzilgan mehnat şartnomalari bekor qilingan;
  • 4 nafar xodimga nisbatan hayfsan intizomiy jazosi qöllanilgan;
  • 1 nafar xodimga nisbatan jarima intizomiy jazosi tayinlangan.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş işlari samaradorligini reyting baholaş tizimida ham qonunçilikda ketma-ket ikki yil davomida “qoniqarsiz” baholangan davlat taşkilotlari rahbarlariga nisbatan intizomiy javobgarlik çoralarini qöllaş belgilangan.

2025-yil yakunlari böyiça 2024 va 2025-yillarda ketma-ket “qoniqarsiz” baholangan taşkilotlar mavjud emas.

“Qoniqarsiz” baholangan taşkilotlar faoliyatini yaxşilaş böyiça çora-tadbirlar dasturini Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi bilan kelişgan holda tasdiqlaydi. Uning ijrosi böyiça rahbarlar hisobotlari har çorakda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça milliy kengaşda eşitib kelinmoqda.

Muhim yangiliklardan yana biri — Prezidentning 2025-yil 30-dekabrdagi 270-son Farmonida korrupsiyaga qarşi Milliy sertifikatlaştiriş menejment tizimi bosqiçma-bosqiç joriy etilişi belgilangan bölib, birinçi navbatda reyting baholaş natijalariga köra “qoniqarsiz” deb baholangan davlat taşkilotlarida joriy etiladi.

Öxşaş materiallar