Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

BMT tuzilmalari bilan korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha hamkorlik ko‘lami yanada kengaytiriladi

Batafsil

2 mlrd 374 mln so‘mlik davlat xaridlari bekor qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining masofaviy monitoring tartibidagi o‘rganishlarida quyidagi davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan davlat xaridlarida qonunchilik talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi:

Xovos tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi buyurtmachiligida joriy yilning 10 yanvar kuni yuk tashish xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha o‘tkazilgan 700,0 mln so‘mlik davlat xaridi;

Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi buyurtmachiligida autsorsing xizmati ko‘rsatish bo‘yicha o‘tkazilgan 174,0 mln so‘mlik davlat xaridi ;

Toshkent viloyati ixtsoslashtirilgan somatika shifoxonasi buyurtmachiligida qurilish mahsulotlari xarid qilish bo‘yicha o‘tkazilgan 1,5 mlrd so‘mlik davlat xaridi.

Ushbu davlat xaridlarida qatnashgan tadbirkorlarning hujjatlari xarid komissiyasi raisi va aʼzolari foydalangan qurilma (IP-manzillari bir xil) orqali elektron platformaga yuklangan.

Natijada O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi), 14-moddasi (manfaatlar to‘qnashuvi), 20-moddasi (xarid komissiyasining huquq va majburiyatlari), 46-moddasi (davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning bir qator talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan.

Mazkur holatlar bo‘yicha xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash bayonnomalarini bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachilarga Agentlikning taqdimnomalari kiritildi va to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborildi.

Agentlikning taqdimnomalariga binoan yuqoridagi davlat xaridlari bo‘yicha xarid komissiyasining bayonnomalari bekor qilinib, aybdor shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar