Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

2023-yil 1-chorakda murojaatlarning ko'rib chiqilishi bo'yicha ma'lumot

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xalq bilan muloqotini yo‘lga qo‘yish, murojaatlar bilan ishlashini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2023 yilning 1-choragida jami 771 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 735 tasi ko‘rib chiqilishi taʼminlangan, hozirda 36 ta murojaat ko‘rib chiqilmoqda. Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 27 tasi ijobiy hal etilgan, shundan 4 tasining ijobiy yechimi yuzasidan Agentlikka tashakkurnoma bildirilgan, 233 ta murojaatga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berish orqali qanoatlantirilgan, 4 ta murojaat anonim deb topilgan, 49 ta takroriy murojaat ko‘rib chiqilishi belgilangan tartibda tugatilgan, 422 ta murojaat taalluqliligi bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga yo‘naltirilgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 701 tasi jismoniy shaxslardan, 70 tasi yuridik shaxslardan, 236 tasi yozma, 433 tasi elektron,102 tasi Call markaz orqali og‘zaki ko‘rinishda kelib tushgan.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga, viloyat (tuman, shahar) hokimliklariga 16 ta so‘rovnoma yuborilgan, qonunbuzish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 5 ta taqdimnoma kiritilgan.

Murojaatlarni o‘rganish natijasiga ko‘ra, 1 nafar davlat idorasi xodimi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan, 3 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va mavjud xato-kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilgan.

Mamlakatimizdagi ochiqlik siyosati tufayli, korrupsiyaga qarshi kurash mavzusi ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilayotganligi, fuqarolarda bu illatga toqatsizlikning aniq va ravshan shakllanayotganligi hamda davlat idoralari masʼullari tomonidan sodir etilayotgan korrupsion holatlar ochiqlanishi natijasida Agentlikka kelib tushayotgan murojaatlarning soni ko‘payishi kuzatilmoqda. Jumladan, joriy yilning 1-choragida Agentlikka kelib tushgan 771 ta murojaatlarni 2022 yilning 1-choragida kelib tushgan 555 ta murojaatlarga nisbatan solishtirganda, murojaatlar salmog‘i 38,9 foizga oshgan.

Agentlikka kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyatida sud-huquq sohasidagi muammolar, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari va turli sohalarda korrupsiyaviy holatlarning yuz berayotganligi to‘g‘risida yozilgan murojaatlardan iborat.

Jumladan, 2023 yil 1-choragida Agentlikka qo‘yidagi soha va yo‘nalishlar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi:

- taʼlim sohasi xodimlarining xatti-harakatlari va sohadagi qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 123 ta (16,0%), shundan:

97 ta xalq taʼlimi sohasida (48 tasi dublikat) (12,6%);

13 ta oliy taʼlim sohasida (1,7%);

13 ta maktabgacha taʼlim sohasida (1,7%).

- sud qarorlaridan noroziliklar 113 ta (14,7%), shundan:

JIB sud qaroridan 27 ta;

FIB sud qaroridan 20 ta;

MIB sud qaroridan 12 ta;

Harbiy sud qaroridan 41 ta (39 tasi dublikat);

Iqtisodiy sud qaroridan 13 ta.

- davlat xaridlari va tender savdolari jarayonidagi qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 66 ta (8,6%);

- ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlariva qarorlaridan noroziliklar 56 ta (7,3%);

- sog‘liqni saqlash sohasidagi qonunbuzilish holatlari va tibbiyot xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 34 ta (4,4%);

- kredit masalasida va bank xodimlari xatti-harakatidan noroziliklar 28 ta (3,6%);

- yer masalasida 28 ta (3,6%);

- prokuratura organlari qarorlaridan noroziliklar va prokuratura organlariga qilingan murojaatlar hal bo‘lmayotganligi bo‘yicha 27 ta (3,5%);

- ayrim xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining xatti-harakatlaridan noroziliklar masalasida 26 ta (3,4%);

- majburiy ijro byurosi xodimlarining xatti-harakatlari
va ijro hujjatlarning bajarilmayotganligi bo‘yicha 23 ta (3,0%);

- mahalliy hokimlik xodimlari va mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar 23 ta (3,0%);

- firibgarlik jinoyatlari yuzasidan 20 ta (2,6%);

- gaz-elektr masalasida 18 ta (2,3%);

- qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar 17 ta (2,2%);

- noqonuniy qurilish va qurilish sifati masalasida 16 ta (2,1%);

- mehnat munosabatlari yuzasidan 15 ta (1,9%);

- mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 13 ta (1,7%);

- pensiya, ijtimoiy himoya va moddiy yordam masalasida13 ta (1,7%);

- uy-joy masalasida 11 ta (1,4%);

- kadastr masalasida 11 ta (1,4%);

- shartnoma shartlarini bajarilmayotganligi masalasida 9 ta (1,2%);

- agentlikka ishga kirish masalasida 8 ta (1,0%);

- jismoniy tarbiya va sport masalasida 8 ta (1,0%);

- Agentlik rahbariyatining shaxsiy qabuliga kirish yuzasidan 7 ta (0,9%);

- "Obod qishloq" va “Obod mahalla” dasturlari yuzasidan 6 ta (0,8%);

- minnatdorchilik 4 ta (0,5%);

- suvdan foydalanish masalasida 3 ta (0,4%);

- imom xatiblarining xatti-harakatlaridan norozilik masalasida 3 ta (0,4%);

- soliq inspeksiyasi xodimlarining xatti-harakatlaridan noroziliklar 3 ta (0,4%);

- saylov jarayonlaridan norozilik masalasida 2 ta (0,3%);

- meros masalasida 2 ta (0,3%) va 35 ta (4,5%) turli masalalarda murojaatlar kelib tushdi.

Korrupsiya qarshi kurashish agentligiga 2023 yil 1-choragida Respublikamizning quyidagi hududlaridan murojaatlar kelib tushgan:

Toshkent shahar bo‘yicha 142 ta;

Toshkent viloyati bo‘yicha 104 ta;

Navoiy viloyati bo‘yicha 96 ta;

Samarqand viloyati bo‘yicha 94 ta;

Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 50 ta;

Xorazm viloyati bo‘yicha 43 ta;

Farg‘ona viloyati bo‘yicha 43 ta;

Surxondaryo viloyati bo‘yicha 43 ta;

Buxoro viloyati bo‘yicha 40 ta;

Andijon viloyati bo‘yicha 34 ta;

Jizzax viloyati bo‘yicha 28 ta;

Namangan viloyati bo‘yicha 27 ta;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 13 ta;

Sirdaryo viloyati bo‘yicha 12 ta;

Chet eldan 2 ta murojaat kelib tushgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan murojaatlar bilan ishlash borasidagi amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar aholi muammolarining yechimi topilishiga xizmat qilmoqda hamda murojaatlarda ko‘rsatib o‘tilayotgan korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqarayotgan omillarni tahlil qilgan holda ularni bartaraf qilish uchun tegishli chora-tadbirlarning ishlab chiqilishiga zamin yaratmoqda.


Boshqa bo‘limlar