Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

2022 yil 1- yarim yillikda murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha ma'lumot

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2022 yil 1-yarim yillikda kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarining ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

MA'LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xalq bilan muloqotini yo‘lga qo‘yish, murojaatlar bilan ishlashini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga joriy yilning 1 yarim yilligida  jami 1 169 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan

1 134 tasi ko‘rib chiqilishi ta'minlangan, hozirda 35 ta murojaat ko‘rib chiqilmoqda.

Shundan, 49 ta murojaat ijobiy hal etilgan, 380 ta murojaatga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berish orqali qanoatlantirilgan, 39 ta murojaat anonim deb topilgan, 11 ta takroriy murojaat ko‘rib chiqilishi belgilangan tartibda tugatilgan, 2 ta murojaat ma'lumot uchun qabul qilingan, 653 ta murojaat taalluqliligi bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga yo‘naltirilgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 998 tasi jismoniy shaxslardan, 171 tasi yuridik shaxslardan, 907 tasi yozma, 193 tasi elektron,

69 tasi og‘zaki ko‘rinishda, shundan, 45 tasi Agentlik rahbariyatining shaxsiy qabulida, 45 tasi mas'ul xodimlarning qabulida, 58 tasi Call markaz orqali kelib tushgan.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga, viloyat (tuman, shahar) hokimliklariga 25 ta so‘rovnoma yuborilgan, qonunbuzish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 15 ta taqdimnoma kiritilgan.

Murojaatlarni o‘rganish natijasiga ko‘ra, 9 ta qonun hujjatlariga zid ravishda chiqarilgan hujjat bekor qilingan, Agentlik tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga asosan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan 7 ta jinoyat ishi, 4 ta ma'muriy javobgarlikka va 2 ta intizomiy javobgarlik to‘g‘risidagi ishlar qo‘zg‘atilgan va mavjud xato-kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilgan. Murojaatlarni o‘rganishda aniqlangan moliyaviy xato va kamchiliklar miqdori 30,4 mlrd. so‘mni tashkil qilgan.

Sohalar bo‘yicha:

Agentlikka kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyatida

sud-huquq sohasidagi muammolar, mansabdor shaxslarning

xatti-harakatlari va turli sohalarda korrupsiyaviy holatlarning yuz berayotganligi to‘g‘risida yozilgan murojaatlardan iboratdir.

Respublikamida olib borilayotgan keng islohatlar hamda Korrupsiya qarshi kurashish agentligi tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar, jumladan, turli yo‘nalishlardagi korrupsiyasiz soha loyihalari, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan yo‘l xaritalarining ijrosi hamda qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartirishlar natijasida Agentlikka kelib tushayotgan murojaatlarning soni va sohalar bo‘yicha kamayishi kuzatilmoqda. Jumladan, joriy yilning 1-yarim yilligida Agentlikka kelib tushgan 1 169 ta murojaatlarni 2021 yilning 1-yarim yilligida kelib tushgan 2 994 ta murojaatlarga nisbatan solishtirganda, murojaatlar salmog‘i 61 foizga kamaygan.

Murojaatlarning sohalar bo‘yicha kelib tushishi taqqoslaganda ayrim sohalar bo‘yicha murojaatlar soni keskin kamayganligini kuzatish mumkin. Jumladan:

- pensiya va ijtimoiy nafaqalar tayinlashdagi muammolar yuzasidan 88,9%ga;

- uy-joy va kommunal sohasidagi muammolar yuzasidan 85,4%ga;

- mehnat qonunchiligining buzilishi holatlari bo‘yicha 84,6%ga;

- xalq ta'limi sohasi bo‘yicha 84,4%ga;

- davlat byudjeti mablag‘larining talon-taroj qilinishi yuzasidan 80,0%ga;

- sog‘liqni saqlash sohasidagi qonunbuzilish holatlari va tibbiyot xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 72,1%ga;

- FIB sud qarorlaridan norozilik 66,7%ga;

JIB sud qarorlaridan norozilik 64,5%ga;

MIB sud qarorlaridan norozilik bo‘yicha bildirilgan murojaatlar soni 60,4%ga;

- kadastr sohasi bo‘yicha 58,1%ga;

- elektr ta'minotidagi muammolar yuzasidan 50,0%ga;

- sug‘urta masalalarida 33,3%ga kamaygan.

Hududlar bo‘yicha:

Respublikamizning turli hududlaridan 2022 yil 1-yarim yilligida Korrupsiya qarshi kurashish agentligiga quyidagi tartibda murojaatlar kelib tushgan:

Toshkent shahar bo‘yicha 350 ta;

Toshkent viloyati bo‘yicha 123 ta;

Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 101 ta;

Namangan viloyati bo‘yicha 78 ta;

Samarqand viloyati bo‘yicha 78 ta;

Farg‘ona viloyati bo‘yicha 56 ta;

Surxondaryo viloyati bo‘yicha 53 ta;

Sirdaryo viloyati bo‘yicha 51 ta;

Navoiy viloyati bo‘yicha 51 ta;

Buxoro viloyati bo‘yicha 50 ta;

Jizzax viloyati bo‘yicha 47 ta;

Andijon viloyati bo‘yicha 45 ta;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 44 ta;

Xorazm viloyati bo‘yicha 39 ta;

Chet eldan 3 ta murojaat kelib tushgan.

Hududlar kesimida Agentlikka kelib tushgan murojaatlarni 2021 yilning 1-yarim yilligiga nisbatan solishtirganda Navoiy viloyatidan 86,6 foizga, Surxondaryo viloyatidan 78,9 foizga, Xorazm viloyatidan 72,1 foizga, Samarqand viloyatidan 68,8 foizga, Jizzax viloyatidan 66,9 foizga, Namangan viloyatidan 59,8 foizga, Buxoro viloyatidan 55,8 foizga murojaatlar kamaygan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashda, murojaatlarda ko‘rsatib o‘tilayotgan korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqarayotgan omillarni bartaraf qilish, muammolarga yechim topish, murojaatlarni tahlil qilish asosida qonunchilikni yanada takomillashtirishni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqish va tegishli chora-tadbirlarni belgilab olinishi muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olgan holda, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2022 yil uchun tegishli chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Belgilangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq 2022 yil davomida amaldagi qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va tegishli organlarga kiritish bo‘yicha vazifalar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Murojaatlar bilan ishlash tarmog‘i tomonidan vazirlik va idoralar, Agentlik tarkibiy tarmoqlari bilan hamkorlikda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida ko‘rsatib o‘tilayotgan korrupsiyaviy holatlar va ularni keltirib chiqarayotgan omillarni tahlil qilish orqali muammolarga yechim topish, mavjud tartib-taomillarni o‘zgartirishni (raqamlashtirish, soddalashtirish, tugatish kabilarni) nazarda tutuvchi hamda qonunchilikni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilib, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining navbatdagi yig‘ilishi muhokamasiga kiritildi.

Boshqa bo‘limlar