Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

2022-yil 1-chorakda murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha ma’lumot

Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2022-yil 1-choragida kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarining koʻrib chiqilishi boʻyicha

MAʼLUMOT

Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xalq bilan muloqotini yoʻlga qoʻyish, murojaatlar bilan ishlashini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2022-yil

1-choragida jami 555 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, shundan 488 tasi koʻrib chiqilishi taʼminlangan, hozirda 67 ta murojaat koʻrib chiqilmoqda. Shundan, 9 ta murojaat ijobiy hal etilgan, 157 ta murojaatga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berish orqali qanoatlantirilgan, 18 ta murojaat anonim deb topilgan, 4 ta takroriy murojaat koʻrib chiqilishi belgilangan tartibda tugatilgan, 1 ta murojaat maʼlumot uchun qabul qilingan, 299 ta murojaat taalluqliligi boʻyicha tegishli vazirlik va idoralarga yoʻnaltirilgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 488 tasi jismoniy shaxslardan, 67 tasi yuridik shaxslardan, 401 tasi yozma, 92 tasi elektron, 62 tasi ogʻzaki koʻrinishda, shundan, 37 tasi Agentlik rahbariyatining shaxsiy qabulida, 21 tasi masʼul xodimlarning qabulida, 4 tasi Call markaz orqali kelib tushgan.

Murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha tegishli vazirlik va idoralarga, viloyat (tuman, shahar) hokimliklariga 38 ta soʻrovnoma yuborilgan, qonunbuzish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 6 ta taqdimnoma kiritilgan.

Murojaatlarni oʻrganish natijasiga koʻra, 1 ta qonun hujjatlariga zid ravishda chiqarilgan hujjat bekor qilingan, Agentlik tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga asosan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan 4 ta jinoyat ishi, 1 ta intizomiy javobgarlik toʻgʻrisidagi ishlar qoʻzgʻatilgan va mavjud xato-kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʻrilgan. Murojaatlarni oʻrganishda aniqlangan moliyaviy xato va kamchiliklar miqdori 30,3 mlrd. soʻmni tashkil qilgan.

Agentlikka kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyatida

sud-huquq sohasidagi muammolar, mansabdor shaxslarning

xatti-harakatlari va turli sohalarda korrupsiyaviy holatlarning yuz berayotganligi toʻgʻrisida yozilgan murojaatlardan iboratdir.

Respublikamida olib borilayotgan keng islohatlar hamda Korrupsiya qarshi kurashish agentligi tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar, jumladan, turli yoʻnalishlardagi korrupsiyasiz soha loyihalari, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan yoʻl xaritalarining ijrosi hamda qonunchilikka kiritilayotgan oʻzgartirishlar natijasida Agentlikka kelib tushayotgan murojaatlarning soni va sohalar boʻyicha kamayishi kuzatilmoqda. Jumladan, joriy yilning 1-choragida Agentlikka kelib tushgan 555 ta murojaatlarni 2021-yilning 1-choragida kelib tushgan 1543 ta murojaatlarga nisbatan solishtirganda, murojaatlar salmogʻi

64 foizga kamaygan.

Murojaatlarning sohalar boʻyicha kelib tushishi taqqoslaganda ayrim sohalar boʻyicha murojaatlar soni keskin kamayganligini kuzatish mumkin. Jumladan:

- pensiya va ijtimoiy nafaqalar tayinlashdagi muammolar yuzasidan 83,3%ga;

- mehnat qonunchiligining buzilishi holatlari boʻyicha 82,6%ga;

- davlat byudjeti mablagʻlarining talon-taroj qilinishi yuzasidan 80,0%ga;

- FIB sud qarorlaridan norozilik 78,2%ga;

- elektr taʼminotidagi muammolar yuzasidan 75,0%ga;

- kadastr sohasi boʻyicha 73,7%ga;

- uy-joy va kommunal sohasidagi muammolar yuzasidan 73,3%ga;

- xalq taʼlimi sohasi boʻyicha 72,1%ga;

- sogʻliqni saqlash sohasidagi qonunbuzilish holatlari va tibbiyot xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 72,1%ga;

JIB sud qarorlaridan norozilik 68,3%ga;

MIB sud qarorlaridan norozilik boʻyicha bildirilgan murojaatlar soni 66,7%ga kamaygan.

Shuningdek, 2021-yilning 1-choragiga nisbatan ayrim soha va yoʻnalishlar boʻyicha murojaatlar joriy yilning 1-choragida umuman kelib tushmagan. Jumladan, din, ekologiya, pasport olish, ichimlik suvi taʼminoti masalalarda murojaatlar joriy yilning

1-choragida kelib tushmagan.

Shu bilan birga, joriy yilda 2021-yilning 1-choragiga nisbatan ayrim sohalar boʻyicha murojaatlar sonining oshganligini kuzatish mumkin. Jumladan:

- davlat boshqaruvi organlari xodimlarining xatti-harakatlaridan norozilik masalasida 1200,0% (2021-yil 1-chorak –

1 ta, 2022-yil 1-chorak – 13 ta);

- tadbirkorliklarning manfaatlari himoya qilish masalasida 325,0% (2021-yil 1-chorak – 4 ta, 2022-yil 1-chorak – 17 ta);

- sugʻurta masalalarida 100,0% (2021-yil 1-chorak – 0 ta, 2022-yil 1-chorak – 1 ta);

- iqtisodiy sud qarorlaridan 80,0% (2021-yil 1-chorak – 5 ta, 2022-yil 1-chorak – 9 ta);

- tabiiy ofatlardan zarar koʻrganligi uchun kompensatsiya mablagʻlarini undirish yuzasidan 46,2% (2021-yil 1-chorak – 13 ta,

2022-yil 1-chorak – 19 ta);

- maktabgacha taʼlim sohasi boʻyicha 10,0% (2021-yil 1-chorak –

10 ta, 2022-yil 1-chorak – 11 ta)

Respublikamizning turli hududlaridan 2022-yil 1-choragida Korrupsiya qarshi kurashish agentligiga quyidagi tartibda murojaatlar kelib tushgan:

Toshkent shahri boʻyicha 159 ta;

Toshkent viloyati boʻyicha 51 ta;

Namangan viloyati boʻyicha 45 ta;

Sirdaryo viloyati boʻyicha 41 ta;

Qashqadaryo viloyati boʻyicha 35 ta;

Navoiy viloyati boʻyicha 32 ta;

Samarqand viloyati boʻyicha 31 ta;

Surxondaryo viloyati boʻyicha 29 ta;

Andijon viloyati boʻyicha 26 ta;

Fargʻona viloyati boʻyicha 25 ta;

Buxoro viloyati boʻyicha 21 ta;

Jizzax viloyati boʻyicha 20 ta;

Xorazm viloyati boʻyicha 19 ta;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha 19 ta;

Chet eldan 2 ta murojaat kelib tushgan.

Hududlar kesimida Agentlikka kelib tushgan murojaatlarni 2021-yilning 1-choragiga nisbatan solishtirganda Surxondaryo viloyatidan 80,8 foizga, Samarqand viloyatidan 78,0 foizga, Xorazm viloyatidan 75,9 foizga, Jizzax viloyatidan 75,9 foizga, Qashqadaryo viloyatidan 74,5 foizga, Buxoro viloyatidan 66,7 foizga murojaatlar kamaygan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashda, murojaatlarda koʻrsatib oʻtilayotgan korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqarayotgan omillarni bartaraf qilish, muammolarga yechim topish, murojaatlarni tahlil qilish asosida qonunchilikni yanada takomillashtirishni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqish va tegishli chora-tadbirlarni belgilab olinishi muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olgan holda, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2022-yil uchun tegishli chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Belgilangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq 2022-yil davomida amaldagi qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va tegishli organlarga kiritish boʻyicha vazifalar belgilangan. Mazkur belgilangan vazifalarning ijrosi taʼminlash maqsadida, joriy yilning 1-choragida Agentlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha tegishli qonun loyihasi hamda sudlar tomonidan korrupsion jinoyatlar sodir etgan shaxslarga nisbatan muayyan huquqdan mahrum qilish jazosini qoʻllash amaliyoti oʻrganilib, tegishli qonun loyihasi ishlab chiqilgan.

Boshqa bo‘limlar