Korrupsiyaga qarşi xartiya biznes egalariga nima beradi?
Forumning “Biznesda halollik: zamonaviy muammolar va amaliy yeçimlar” mavzusiga bağişlangan sessiyasida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi masʼul xodimi Uluğbek Abruyev şu haqda maʼlumot berdi:
Xartiyada iştirok etiş kompaniyalarga korrupsiya bilan boğliq mulkiy va reputatsion yöqotişlar xavfini kamaytiriş, şaffof içki qoidalarni joriy etiş va halol işlaş madaniyatini şakllantiriş imkonini beradi.
Bu borada korrupsiyaga qarşi siyosat, işbilarmonlik odob-axloqi kodeksi, manfaatlar töqnaşuvi, davlat xaridlari, qonunbuzarliklar haqida xabar beriş hamda xabar beruvçilarni himoya qilişga oid amaliy vositalar töplami taqdim etiladi.
Şuningdek, tadbirkorlar Korrupsiyaga qarşi kuraşiş virtual akademiyasida bepul bazaviy kurslarda taʼlim olişlari mumkin.
Xartiya doirasida biznesda korrupsiyaga qarşi boşqaruv tizimini xalqaro amaliyot darajasida yölga qöyiş uçun xalqaro standartlar - ISO 37001:2025(poraxörlikka qarşi menejment tizimi) hamda ISO 37301:2021(komplayens-menejment tizimi) dan foydalaniş ham tavsiya etiladi.
Xartiyani amalga oşirişda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi metodologik jihatdan kömaklashadi.