Виртуальная приемная

Korrupsiyaga qarşi içki nazorat tizimi samaradorligini oşiriş böyiça ötkazilayotgan huquqiy eksperiment doirasida erişilayotgan natija va körsatkiçlar

Главные новости 26 просмотров

Bugun Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi Axborot xizmati rahbari Şerzod Saparov iştirokida korrupsiyaga qarşi içki nazorat tizimi samaradorligini oşiriş böyiça 5 ta idora, jumladan, Soğliqni saqlaş, Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi, Suv xöjaligi vazirliklari, şuningdek, “Özbekneftgaz” va “Özsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyatlarida ötkazilayotgan huquqiy eksperiment doirasida erişilayotgan natija va körsatkiçlarga bağişlangan brifing bölib ötdi.

Taʼkidlanganidek, huquqiy eksperiment doirasida mazkur idoralarda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi bilan hamkorlikda jarayonlarni raqamlaştiriş, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlaş va ularning oldini oliş borasida tizimli işlar olib borilmoqda.

Xususan, Soğliqni saqlaş vazirligi tizimida davlat xaridlari va tibbiy jihozlar narxlari qayta körib çiqilişi natijasida 247 mlrd söm byudjet mablaği tejab qolindi va 10 mlrd sömlik ortiqça rejalaştirişning oldi olindi. Tejalgan uşbu mablağlar şifoxonalarni zarur uskunalar va dori-darmonlar bilan taʼminlaşga xizmat qilmoqda.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 7 ta yangi xizmat joriy qilinib, xizmatlar soni 46 taga yetkazildi. Qoğoz şaklda yuritiladigan 99 ta tibbiy jurnal va blank raqamlaştirildi.

28 ta tajriba-sinov tuman (şahar)dagi 681 ta poliklinikada KPI moduli töliq joriy qilindi. DMED tizimi orqali haj tadbiri tibbiy maʼlumotnomasini rasmiylaştiriş yölga qöyildi. Uşbu tizimda 20 dan ortiq funksional modul va raqamli xizmatlar joriy etilişi natijasida 4 mingta davlat tibbiyot taşkiloti, 8 mingga yaqin xususiy klinika, 11,5 mingdan ortiq dorixona va 38 milliondan ortiq fuqaro raqamli tizimlar bilan qamrab olindi.

“Elektron poliklinika”, “Elektron şifoxona” va “Elektron retsept” modullarining joriy etilişi natijasida şifokor va bemor örtasidagi bevosita moliyaviy yoki byurokratik aloqa qisqardi. Işga qabul qiliş va lavozimga tayinlaş jarayonlari Komplaens elektron moduli orqali raqamlaştirildi. Şifoxonalardagi böş örinlar, bepul kafolatlangan tibbiy xizmatlar röyxati va şifokorlar iş grafigi oçiqlandi.

Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi tizimidagi komplayens nazorat tuzilmalari tomonidan inson omilini minimallaştiriş maqsadida maxsus algoritmlar asosida litsenziyalarni elektron şaklda beriş tizimi test rejimida joriy etildi. Natijada quriliş sohasida 1-, 2- va 3-toifaga mansub litsenziyalarni elektron tarzda, avtomatlaştirilgan holda beriş tartibi yölga qöyilib, litsenziyalaş jarayonining şaffofligi, tezkorligi va samaradorligi sezilarli darajada oşirilmoqda.

Bundan taşqari, quriliş sohasida hududiy arxitektura-şaharsozlik kengaşlari faoliyati raqamlaştirilmoqda. Jumladan, arxitektura-şaharsozlik kengaşi aʼzolarining har biri uçun “Quriliş sohasida davlat xizmatlarini körsatiş” axborot tizimida alohida şaxsiy kabinetlar oçilib, loyiha-smeta hujjatlari böyiça tizim orqali xulosa beriş mexanizmi joriy etildi.

Ötgan davr mobaynida tender savdolari “Şaffof quriliş” axborot tizimining tender elektron platformasi orqali amalga oşirilişi natijasida ötkazilgan tenderlarning jami qiymati 32,19 trln sömni taşkil etdi va 30,62 trln sömlik şartnomalar tuzildi, qariyb 1,5 trln söm pul mablaği iqtisod qilinişiga erişildi.

Suv xöjaligi vazirligida huquqiy eksperiment doirasida fermerlar uçun suv sarfini aniq hisobga oliş, suv taqsimotida şaffoflikni kuçaytiriş va bahsli hisob-kitoblar xavfini kamaytiriş maqsadida “Raqamli suv xöjaligi” yagona platformasi hamda “Vaziyatlar markazi” taşkil etildi.

Ilgari anʼanaviy şaklda körsatilgan davlat suv kadastriga doir axborot taqdim etiş xizmatini raqamlaştiriş doirasida “Davlat suv kadastri” axborot tizimining yangilangan versiyasi işga tuşirildi.

Masalan, tadbirkorga kanal yoki suv xöjaligi obyekti haqida kadastr maʼlumoti kerak bölsa, idoralararo elektron axborot almaşinuvi orqali ortiqça qatnovlarsiz oliş imkoniyati yaratildi.

“Özbekneftgaz” AJda ham korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini oliş, ularning sabab va şart şaroitlarini bartaraf etiş maqsadida, intellektual videokuzatuv kameralarini örnatiş va sunʼiy intellekt texnologiyalarini qöllaş orqali xavfsizlik va nazoratni kuçaytiriş hamda samaradorlikka erişişga imkon beruvçi “Vaziyatlar markazi” taşkil etildi.

Neft bazalariga 550 dan ortiq, şundan, 98 ta yangi intellektual videokuzatuv kameralari, 68 dona sath ölçagiçlar örnatilib, Vaziyatlar markaziga integratsiya qilindi. Raqamlaştiriş va korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça tizimli nazorat örnatilişi natijasida 2025-yilda faoliyatini zarar bilan yakunlagan neft bazalar 2026-yilning 9 oyligida 44 mlrd sömlik sof foydaga erişdi.

“Özsuvtaʼminot” AJ tomonidan esa yirik suv inşootlari hamda magistral va tarqatuvçi tarmoqlarning ulaniş nuqtalariga 4,8 mingta elektron suv hisoblaş uskunalari örnatilmoqda. Içimlik va oqova suv tizimlarini boşqarişga sunʼiy intellekt texnologiyalari keng joriy etilib, yagona koll-markazga ovozli robot, energiya samadorligini oşiriş böyiça nasos uskunalariga “virtual muhandis” tizimi hamda respublika va 14 ta hududiy korxonada yagona situatsion markaz taşkil etilmoqda. 2026-yil 1-maydan boşlab tizimda korrupsiyaga qarşi masofaviy monitoring va tahlil işlarini amalga oşiruvçi mutlaqo innovasion tuzilma — “Korrupsiyaviy xavflarni boşqariş situasion markazi” faoliyat körsatmoqda.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi Axborot xizmat

Похожие материалы