Виртуальная приемная

Jamoatçilik kengaşining ikki yillik faoliyati sarhisob qilindi

Главные новости 179 просмотров

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşining navbatdagi yiğilişi ötkazildi. Unda Kengaşning 2024–2026-yillardagi faoliyati yakunlari, amalga oşirilgan işlar va kelgusidagi vazifalar, şuningdek, Agentlik tomonidan eʼlon qilingan davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida amalga oşirilayotgan loyihalarning oraliq monitoring natijalari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, sönggi ikki yil davomida Jamoatçilik kengaşining 6 ta yiğilişi ötkazilib, 10 dan ortiq muhim loyiha va hujjatlar yuzasidan ilmiy asoslangan xulosa hamda takliflar taqdim etildi. Kengaş aʼzolari 20 dan ortiq tarğibot tadbirlari, forum va uçraşuvlarda, şuningdek, önlab telekörsatuv va tok-şoularda iştirok etdi.

Kengaş faoliyatida jamoatçilik kengaşlari amaliyotida kamyob uçraydigan jamoatçilik eşituvi va jamoatçilik monitoringi kabi mexanizmlardan samarali foydalanişga alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan, 2025-yil noyabr oyida pulli avtoturargohlar faoliyati joyiga çiqqan holda örganilib, natijalari böyiça OAV orqali Kengaş bayonoti eʼlon qilindi. Şuningdek, Toşkent şahridagi avtobus bekatlarida amalga oşirilgan rekonstruksiya işlari örganildi, Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi hamda tijorat banklarida taşkil etilgan jamoatçilik eşituvlarida iştirok etildi.

Şuningdek, Kengaş aʼzolarining xalqaro maydondagi iştiroki, jumladan, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti Aksilkorrupsiya tarmoğining Istanbul harakatlar rejasi doirasidagi tadbirlari, BMT Taraqqiyot dasturi va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikdagi loyihalar hamda Toşkent aksilkorrupsiya forumlaridagi faoliyati qayd etildi.

Ikki yillik faoliyat davomida erişilgan natijalarning eʼtirofi sifatida Jamoatçilik kengaşi Davlat organlari huzuridagi jamoatçilik kengaşlarining Respublika forumida “Eng faol jamoatçilik kengaşi” nominatsiyasi böyiça taqdirlangani alohida taʼkidlandi.

Taʼkidlanganidek, Agentlik tarixida ilk bor korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida 2 ta loyiha tanlovi taşkil etildi. Jamoatçilik kengaşi mazkur taşabbusni qöllab-quvvatlab, tanlovlarni taşkil etiş, loyihalarni muhokama qiliş va ğoliblarni aniqlaş jarayonlarida faol iştirok etdi.

Yiğilişda, xususan, “Korrupsiyaga qarşi fuqarolik taşabbuslari: suriştiruv jurnalistikasi va muqobil monitoring” tanlovi doirasida amalga oşirilayotgan ikki loyihaning oraliq monitoring natijalari muhokama qilindi.

Jumladan, Özbekiston jurnalistlari uyuşmasi tomonidan korrupsiyaga qarşi suriştiruv jurnalistikasi metodologiyasini işlab çiqiş doirasida jurnalist va muharrirlarning kasbiy ehtiyojlari, suriştiruv tayyorlaş tajribasi hamda mavjud muammolar örganildi.

“Özbekiston ayol sudyalari assotsiatsiyasi” tomonidan esa BMTning Korrupsiyaga qarşi konvensiyasi 15, 17, 18 va 19-moddalari ijrosini muqobil monitoring qiliş işlari olib borişning dastlabki bosqiçida Işçi guruh şakllantirilib, baholaş metodologiyasi loyihasi işlab çiqildi va ekspertlar bilan muhokama qilindi. Şuningdek, tegişli qonunçilik hujjatlari, oçiq sud hujjatlari va rasmiy statistika töplanib, manbalar reyestri şakllantirildi.

Muhokamalar davomida Jamoatçilik kengaşi aʼzolari loyihalar ijrosini takomillaştiriş yuzasidan öz fikr va takliflarini bildirdilar.

Yiğiliş yakunida Kengaşning faoliyati sarhisob qilinib, uning işini samarali taşkil etiş va jamoatçilik nazorati mexanizmlarini yanada rivojlantirişda faol iştirok etgan Kengaş aʼzolariga minnatdorlik bildirildi.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi Axborot xizmati

Похожие материалы