Виртуальная приемная

Davlat moliyaviy şaffofligi portali işlab çiqilmoqda

Главные новости 6 просмотров

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi hamkorligida “Mintaqaviy muloqot” (Regional Dialogue) nodavlat taşkiloti va Sloveniyaning Yozef Stefan instituti tomonidan Davlat moliyaviy şaffofligi portali işlab çiqilmoqda.

Maqsad — davlat xaridlari sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlaş, byudjet hamda moliyaviy axborotlarning oçiqligini taʼminlaş, bu borada Yevropa tajribasi va zamonaviy tahlil usullarini milliy amaliyotga joriy etişdir.

Bugun Agentlikda ötkazilgan taqdimotda portalning funksional imkoniyatlari va işlaş mexanizmlari namoyiş etildi.

Portalda davlat xaridlariga oid tenderlar, buyurtmaçilar va yetkazib beruvçilar, şuningdek, kompaniyalarning mulkdorlari töğrisidagi tizimlaştirilgan maʼlumotlar jamlangan.

Bu esa davlat xaridlaridagi tendensiyalarni tahlil qiliş, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlaş hamda davlat mablağlaridan foydalaniş jarayonlarini monitoring qiliş imkoniyatlarini kengaytiradi va osonlaştiradi.

Şuningdek, Portal davlat xaridlariga oid katta hajmdagi maʼlumotlarni tizimli tahlil qiliş va çuqur örganişni osonlaştiriş uçun bitta yirik buyurtmaning tarkibiy qismi bölişi mumkin bölgan bir qator kiçik xaridlarni alohida ajratib körsatadi.

Ayni paytda Portalning funksional imkoniyatlarini yanada kengaytiriş va takomillaştiriş böyiça işlar davom ettirilmoqda.

Mazkur taşabbus Yevropa Ittifoqi va Germaniya Federal iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi birgalikda moliyalaştiradigan, Agentlik va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning qöşma loyihasi doirasida amalga oşirilmoqda

Похожие материалы