Онлайн-обращение

Сообщить о коррупции

Отменить Сообщить

2025-yil 1-chorakda murojaatlarning ko'rib chiqilishi bo'yicha ma'lumot

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2025 yilning 1-choragida kelib tushgan jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlarining
ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
MA’LUMOT 

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xalq bilan muloqotini yo‘lga qo‘yish, murojaatlar bilan ishlashini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2025 yilning 1-choragida jami 1 525 ta murojaat kelib tushgan. Shundan o‘tgan davr mobaynida 1 469 ta murojaat ko‘rib chiqilishi ta’minlangan hamda 56 ta murojaat ko‘rib chiqilmoqda.

Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 12 tasi ijobiy hal etilgan, 222 ta murojaatga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berish orqali qanoatlantirilgaн, 4 ta murojaat anonim deb topilgan, 1 ta murojaat ko‘rmasdan qoldirilgan, 236 ta takroriy murojaat ko‘rib chiqilishi belgilangan tartibda tugatilgan, 994 ta murojaat taalluqliligi bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga yo‘naltirilgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 1 403 tasi jismoniy shaxslardan, 122 tasi yuridik shaxslardan, 300 tasi yozma, 1 078 tasi elektron, 147 tasi Call markaz orqali og‘zaki ko‘rinishda kelib tushgan.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga, viloyat (tuman, shahar) hokimliklariga 21 ta so‘rovnoma yuborilgan, qonunbuzish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 22 ta taqdimnoma kiritilgan.

Murojaatlarni o‘rganish natijasiga ko‘ra, 1 nafar shaxs bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan, 2 nafar shaxsga ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 2 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va mavjud xato-kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilgan.

Mamlakatimizdagi ochiqlik siyosati tufayli, korrupsiyaga qarshi kurash mavzusi ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilayotganligi, fuqarolarda bu illatga toqatsizlikning aniq va ravshan shakllanayotganligi hamda davlat idoralari mas’ullari tomonidan sodir etilayotgan korrupsion holatlar ochiqlanishi natijasida Agentlikka kelib tushayotgan murojaatlarning soni ko‘payishi kuzatilmoqda. Jumladan,
2024 yilning 1-choragida Agentlikka kelib tushgan 1 073 ta murojaatlarni 2025 yilning 1-choragida kelib tushgan 1 525 ta murojaatlarga nisbatan solishtirganda murojaatlar salmog‘i 42,1 foizga oshgan.

Agentlikka kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyatida sud-huquq sohasidagi muammolar, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari va turli sohalarda korrupsiyaviy holatlarning yuz berayotganligi to‘g‘risida yozilgan murojaatlardan iborat.

Jumladan, 2025 yil 1-choragida Agentlikka qo‘yidagi soha va yo‘nalishlar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi:

- qarz va yetkazilgan zararni undirish ijro hujjatlari hamda MIB xodimlarining xatti-harakatlaridan norozilik yuzasidan bo‘yicha 227 ta (14,9%);

- surishtiruv tergov va tergov xodimlarining harakatlaridan norozilik yuzasidan 163 ta (10,7%);

- yer maydonini o‘zboshimcha egallab olish, noqonuniy qurilish, yer ajratish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar va yer uchastkalari, bino va inshootlarga kadastr hujjatlarini tayyorlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan 106 ta (7,0%);

- davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi xodimlarining xatti-harakatlaridan norozilik 88 ta (5,8%);

- tovlamachilik, firibgarlik, talon-taroj va qalbakilashtirish masalari yuzasidan 83 ta (5,4%);

- davlat ehtiyojlari, davlat buyurtmalari (davlat xaridlari, tanlovlar, auksionlar) bilan bog‘liq masalalar yuzasidan 66 ta (4,3%);

- boshqa davlat organlari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari va qarorlaridan norozilik yuzasidan 60 ta (4,0%);

- sud qarorlaridan noroziliklar 54 ta (3,5%), shundan:

FIB sud qaroridan 38 ta (2,5%);

JIB sud qaroridan 12 ta (0,8%);

MIB sud qaroridan 3 ta (0,2%);

Iqtisodiy sud qarorlari 1 ta (0,06%);

- ta’lim sohasi xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 46 ta (3,0%);

- sog‘liqni saqlash sohasi xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 44 ta (2,9%);

- mehnat va bandlik sohasi xodimlarining xatti-harakatlaridan norozilik va ish bilan ta’minlash, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirish yuzasidan 42 ta (2,8%);

- ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 40 ta (2,6%);

- prokuratura xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 31 ta (2,0%);

- bank xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 30 ta (2,0%);

- tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish 27 ta (1,8%);

- tadbirkorlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan huquqbuzarliklar yuzasidan 27 ta (1,8%);

- xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati (XUJMSH) faoliyati yuzasidan 26 ta (1,7%);

- korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha va jamiyat hayoti bilan bog‘liq takliflar 26 ta (1,3%);

- mahalliy hokimiyat xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 23 ta (1,5%);

- hokim yordamchisi va hokimlik xodimi xatti-harakatlaridan norozilik 20 ta (1,3%);

- rahbarlar va mansabdor shaxslar xatti-harakatlari va qarorlaridan norozilik 17 ta (1,1%);

- uy-joy bilan ta’minlash, fuqarolarning uy-joyi buzilishi va kompensatsiya hamda uy-joy masalasi sohasi xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 17 ta (1,1%);

- Agentlik rahbariyatining shaxsiy qabuli yuzasidan 17 ta (1,1%);

- судьяларнинг хатти-ҳаракатлари юзасидан 17 ta (1,1%);

- oilaviy masalalar va aliment undirish masalasi 17 ta (1,1%);

- pensiya yoki nafaqa tayinlash masalalari yuzasidan 16 ta (1,0%);

- qurilish sohasi xodimi xatti-harakatlari va qurilish normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan 15 ta (1,0%);

- manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida 14 ta (0,9%);

- kadastr xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 13 ta (0,9%);

- mahalliy hokimliklar faoliyatidan norozilik 12 ta (0,8%);

- gaz tarmog‘i xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 10 ta (0,7%);

- elektr ta’minoti xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 9 ta (0,6%);

- shartnoma shartlarini bajarmaslik yuzasidan 7 ta (0,5%);

- ijtimoiy himoya xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 7 ta (0,5%);

- MFY raislari va xodimlari xatti-harakatlari yuzasidan 7 ta (0,5%);

- davlat soliq idorasi xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan yuzasidan 5 ta (0,3%);

- tabiiy gaz ta’minotidagi muammolar yuzasidan 5 ta (0,3%);

- ishonch telefonlari faoliyatidan norozilik yuzasidan yuzasidan 5 ta (0,3%);

- fan, madaniyat, san’at va sport sohasi xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 4 ta (0,3%);

- murojaatni tugatish, ko‘rmasdan qoldirish yoki nazoratdan olish so‘rovlari yuzasidan 4 ta (0,3%);

- boshqa korxona va tashkilot rahbarlari faoliyati yuzasidan 4 ta (0,3%);

- ichimlik suvi ta’minotidagi muammolar yuzasidan 3 ta (0,2%);

- elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar yuzasidan yuzasidan 3 ta (0,2%);

- moddiy yordam (18 yoshdan kattalar uchun) yuzasidan 3 ta (0,2%);

- aksiyadorlik jamiyatlari aksiya egalari huquqlari yuzasidan 3 ta (0,2%);

- daraxtlarning noqonuniy kesilishi yuzasidan 3 ta (0,2%);

- transport va yo‘lovchi tashish xizmatlari xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan yuzasidan 2 ta (0,1%) va 57 ta (3,7%) turli masalalarda murojaatlar kelib tushdi.

Kelib tushgan murojaatlarning hududlar kesimida:

Toshkent shahar bo‘yicha 573 ta;

Farg‘ona viloyati bo‘yicha 175 ta;

Toshkent viloyati bo‘yicha 167 ta;

Namangan viloyati bo‘yicha 98 ta;

Surxondaryo viloyati bo‘yicha 97 ta;

Samarqand viloyati bo‘yicha 90 ta;

Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 77 ta;

Buxoro viloyati bo‘yicha 55 ta;

Andijon viloyati bo‘yicha 47 ta;

Xorazm viloyati bo‘yicha 47 ta;

Jizzax viloyati bo‘yicha 39 ta;

Navoiy viloyati bo‘yicha 27 ta;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 18 ta;

Sirdaryo viloyati bo‘yicha 14 ta;

boshqa davlat 1 ta murojaat kelib tushgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan murojaatlar bilan ishlash borasidagi amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar aholi muammolarining yechimi topilishiga xizmat qilmoqda hamda murojaatlarda ko‘rsatib o‘tilayotgan korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqarayotgan omillarni tahlil qilgan holda ularni bartaraf qilish uchun tegishli chora-tadbirlarning ishlab chiqilishiga zamin yaratmoqda.

Другие разделы