Онлайн-обращение

Сообщить о коррупции

Отменить Сообщить

2025 yil 1- yarim yillikda murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha ma’lumot

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2025 yilning 6 oyi davomida kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarining ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
MA’LUMOT

 

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xalq bilan muloqotini yo‘lga qo‘yish, murojaatlar bilan ishlashini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2025 yilning 6 oyi davomida jami 2 872 ta murojaat kelib tushgan. Shundan o‘tgan davr mobaynida 2 824 ta murojaat ko‘rib chiqilishi ta’minlangan hamda 48 ta murojaat ko‘rib chiqilmoqda.

Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 43 tasi ijobiy hal etilgan, 471 ta murojaatga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berish orqali qanoatlantirilgan, 10 ta murojaat anonim deb topilgan, 3 ta murojaat ko‘rmasdan qoldirilgan, 276 ta takroriy murojaat ko‘rib chiqilishi belgilangan tartibda tugatilgan, 2021 ta murojaat taalluqliligi bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga yo‘naltirilgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 2 617 tasi jismoniy shaxslardan, 255 tasi yuridik shaxslardan, 650 tasi yozma, 1 954 tasi elektron, 252 tasi Call markaz orqali og‘zaki ko‘rinishda kelib tushgan.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga, viloyat (tuman, shahar) hokimliklariga 58 ta so‘rovnoma yuborilgan, qonunbuzish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 54 ta taqdimnoma kiritilgan.

Murojaatlarni o‘rganish natijasiga ko‘ra, 1 nafar shaxs bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan, 4 nafar shaxsga nisbatan intizomiy javobgarlikka tortilgan, 11 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 2 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va mavjud xato-kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilgan.

Mamlakatimizdagi ochiqlik siyosati tufayli, korrupsiyaga qarshi kurash mavzusi ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilayotganligi, fuqarolarda bu illatga toqatsizlikning aniq va ravshan shakllanayotganligi hamda davlat idoralari mas’ullari tomonidan sodir etilayotgan korrupsion holatlar ochiqlanishi natijasida Agentlikka kelib tushayotgan murojaatlarning soni ko‘payishi kuzatilmoqda. Jumladan, 2024 yilning 6 oyi davomida Agentlikka kelib tushgan 2 156 ta murojaatlarni 2025 yilning 6 oyi davomida kelib tushgan 2 872 ta murojaatlarga nisbatan solishtirganda murojaatlar salmog‘i 33,2 foizga oshgan.

Agentlikka kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyatida sud-huquq sohasidagi muammolar, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari va turli sohalarda korrupsiyaviy holatlarning yuz berayotganligi to‘g‘risida yozilgan murojaatlardan iborat.

Jumladan, 2025 yil 6 oyi davomida Agentlikka qo‘yidagi soha va yo‘nalishlar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi:

- tergov harakatlaridan norozilik 210 ta (7,3%);

- qarz va yetkazilgan zararni undirish ijro hujjatlari bo‘yicha 162 ta (5,6%);

- davlat ehtiyojlari, davlat buyurtmalari (davlat xaridlari, tanlovlar, auksionlar) 142 ta (5,0%);

- majburiy ijro byurosi xodimlarining xatti-harakatlaridan norozilik yuzasidan 132 ta (4,6%);

- boshqa davlat organlari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari va qarorlaridan norozilik yuzasidan 125 ta (4,4%);

- yer maydonini o‘zboshimcha egallab olish, noqonuniy qurilish yuzasidan 119 ta (4,1%);

- sud qarorlaridan noroziliklar 118 ta (4,1%), shundan:

FIB sud qaroridan 69 ta (2,4%);

JIB sud qaroridan 28 ta (1,0%);

Iqtisodiy sud qarorlari 13 ta (0,5%);

MIB sud qaroridan 8 ta (0,3%);

- tovlamachilik, firibgarlik, talon-taroj va qalbakilashtirish hatti-xarakatlarini norozilik yuzasidan 118 ta (4,1%);

- ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlaridan noroziliklar yuzasidan 112 ta (3,9%);

- ta’lim sohasi xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 100 ta (3,5%);

- tadbirkorlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan huquqbuzarliklar yuzasidan 89 ta (3,2%);

- hokimlik xodimi xatti-harakatlaridan norozilik yuzasidan 86 ta (3,0%);

- korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha taklif 84 ta (3,0%);

- prokuratura xodimlarining xatti-harakatlaridan norozilik yuzasidan 78 ta (2,7%);

- davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi xodimlarining xatti-harakatlaridan noroziliklar yuzasidan 77 ta (2,7%);

- sog‘liqni saqlash sohasi xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 74 ta (2,6%);

- mehnat, bandlik va ish bilan ta’minlash masalasi yuzasidan 73 ta (2,5%);

- tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish yuzasidan 70 ta (2,4%);

- xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati (XUJMSH) faoliyati yuzasidan 48 ta (1,7%);

- kadastr xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 46 ta (1,6%);

- pensiya yoki nafaqa tayinlash masalalari 46 ta (1,6%);

- mahalliy hokimiyat xodimlarining xatti-harakatlari norozilik yuzasidan 45 ta (1,6%);

- surishtiruv va tergovga qadar tekshirish harakatlari yoki qarorlaridan norozilik yuzasidan 45 ta (1,6%);

- yer ajratish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar to‘g‘risida 44 ta (1,5%);

- bank xodimlarining xatti-harakatlari norozilik yuzasidan 42 ta (1,5%);

- gaz tarmog‘i xodimlarining xatti-harakatlaridan norozik yuzasidan 32 ta (1,1%);

- jamiyat hayoti bilan bog‘liq takliflar 28 ta (1,0%);

- shaxsiy qabul 28 ta (1,0%);

- yer uchastkalari, bino va inshootlarga kadastr hujjatlarini tayyorlash yuzasidan 27 ta (1,0%);

- manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida 25 ta (0,9%);

- rahbarlar va mansabdor shaxslar xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar yuzasidan 25 ta (0,9%);

- sudyalarning xatti-harakatlari yuzasidan 23 ta (0,8%);

- surishtiruv va tergov xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 23 ta (0,8%);

- elektr ta’minoti xodimlarining xatti-harakatlaridan norozilik yuzasidan 23 ta (0,8%);

- qurilish normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan 20 ta (0,7%);

- oilaviy masalalar yuzasidan 18 ta (0,6%);

- sog‘liqni saqlash, moliya, raqamlashtirish, transport va boshqa soha tashkilotlari ishonch telefonlari faoliyati yuzasidan 18 ta (0,6%);

- ta’lim muassasalari rahbarlari va o‘qituvchilarning xatti-harakatlaridan norozi 17 ta (0,6%);

- shartnoma shartlarini bajarmaslik holati yuzasidan 16 ta (0,6%);

- MFY raislari xatti-harakatlari 15 ta (0,5%);

- qurilish sohasi xodimi xatti-harakatlaridan norozilik yuzasidan 14 ta (0,5%);

- aksiyadorlik jamiyatlari aksiya egalari huquqlarini hiomya qilish maqsadida 13 ta (0,5%);

- uy-joy bilan ta’minlash masalasida 13 ta (0,5%);

- boshqa korxona va tashkilot rahbarlari faoliyatidan norozilik 12 ta (0,5%);

- DSI xodimlarining xatti-harakatlaridan norozilik yuzasidan 12 ta (0,5%);

- ichimlik suvi ta’minotidagi muammolar yuzasidan 11 ta (0,4%);

- aliment undirish yuzasidan 10 ta (0,3%);

- ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirish yuzasidan 10 ta (0,3%);

- ijtimoiy himoya xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 9 ta (0,3%);

- mahalliy hokimliklar qarorlaridan norozilik yuzasidan 9 ta (0,3%);

- murojaatni tugatish, ko‘rmasdan qoldirish yoki nazoratdan olish so‘rovlari 9 ta (0,3%);

- fan, madaniyat, san’at va sport sohasi xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 9 ta (0,3%);

- davlat xizmatlari markazi xodimi xatti-harakatlaridan norozilik 8 ta (0,3%);

- transport va yo‘lovchi tashish xizmatlari xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 7 ta (0,2%);

- hokim yordamchisining xatti-harakatlari yuzasidan 7 ta (0,2%);

- issiqlik tarmog‘i xodimlari xatti-harakatlaridan norozilik 6 ta (0,2%); 

- MFY xodimlari xatti-harakatlaridan norozilik yuzasidan 6 ta (0,2%);

- tijorat banklari faoliyatidan norozilik yuzasidan 6 ta (0,2%);

- aloqa va axborot texnologiyalari xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 5 ta (0,2%);

- davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatidan norozilik 5 ta (0,2%);

- daraxtlarning noqonuniy kesilishi yuzasidan 5 ta (0,2%);

- mazmunga ega emas murojaatlar 5 ta (0,2%);

- notariuslarning xatti-harakatlaridan norozilik yuzasidan 5 ta (0,2%);

- mol-mulkka qo‘yilgan taqiqni bekor qilish yuzasidan 5 ta (0,2%);

- fuqarolarning uy-joyi buzilishi va kompensatsiya to‘lannmayotganidan norozmlmklar 5 ta (0,2%);

- advokatlik so‘rovi 4 ta (0,1%);

- davlat xizmatlari markazlari tomonidan undiriladigan davlat boji (yig‘im)ni to‘lashdan noroziliklar yuzasidan 4 ta (0,1%);

- adliya xodimlarining xatti-harakatlaridan norozilik yuzasidan 3 ta (0,1%);

- DXX xodimlarining xatti-harakatlari norozilik yuzasidan 2 ta (0,06%);

- Milliy gvardiya xodimlarining xatti-harakatlaridan 2  ta (0,06%) va 28 ta (1,0%) turli masalalarda murojaatlar kelib tushdi.

Kelib tushgan murojaatlarning hududlar kesimida:

Toshkent shahar bo‘yicha 1033 ta;

Toshkent viloyati bo‘yicha 305 ta;

Farg‘ona viloyati bo‘yicha 252 ta;

Surxondaryo viloyati bo‘yicha 222 ta;

Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 194 ta;

Samarqand viloyati bo‘yicha 187 ta;

Namangan viloyati bo‘yicha 168 ta;

Buxoro viloyati bo‘yicha 105 ta;

Xorazm viloyati bo‘yicha 96 ta;

Navoiy viloyati bo‘yicha 86 ta;

Andijon viloyati bo‘yicha 82 ta;

Jizzax viloyati bo‘yicha 65 ta;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 45 ta;

Sirdaryo viloyati bo‘yicha 25 ta;

boshqa davlat 7 ta murojaat kelib tushgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan murojaatlar bilan ishlash borasidagi amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar aholi muammolarining yechimi topilishiga xizmat qilmoqda hamda murojaatlarda ko‘rsatib o‘tilayotgan korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqarayotgan omillarni tahlil qilgan holda ularni bartaraf qilish uchun tegishli chora-tadbirlarning ishlab chiqilishiga zamin yaratmoqda.

Другие разделы