Virtual qabulxona

Jamoatçilik kengaşi Nizomi

Asosiy qoidalar

15–25
nafar a’zo kengaş tarkibida
2
yilda bir marta tarkib tasdiqlanadi
4
marta — yiliga kamida majlis
> 50%
a’zolar — majlis kvorumi
20%
tarkibning kamida — ayollar
10
kun — Agentlikning kengaş qaroriga yozma e’tirozi muddati

Kengaş qanday işlaydi

Qarorlar — tavsiyaviy

Kengaş jamoatçilik asosida doimiy faoliyat yurituvçi maslahat-kengaş organi (2, 5-bandlar).

Direktor buyruği bilan taşkil etiladi

Kengaş, uning Nizomi va unga kiritiladigan özgartişlar Agentlik direktori buyruği bilan tasdiqlanadi (4, 7-bandlar).

A’zolar tanlov asosida qabul qilinadi

Tarkibning 50 foizi NNT vakillari bölişi lozim; tarkib 5 kun içida Agentlik saytida e’lon qilinadi (12, 17-bandlar).

Tavsiyalar körib çiqilişi majburiy

Majlis yakuni böyiça qabul qilingan tavsiyalar Agentlik tomonidan körib çiqilişi majburiy (32-band).

Nizom matni

1-bob. Umumiy qoidalar (1–8-bandlar)

1. Mazkur nizom Özbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi (keyingi örinlarda - Agentlik) huzuridagi Jamoatçilik kengaşining (keyingi örinlarda - Jamoatçilik kengaşi) asosiy vazifalari, funksiyalari, vakolatlarini va faoliyatini taşkil etiş tartibini belgilaydi.

2. Jamoatçilik kengaşi öz işini jamoatçilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvçi maslahat-kengaş organi hisoblanadi.

3. Jamoatçilik kengaşi Agentlik huzurida taşkil etiladi.

4. Jamoatçilik kengaşi Agentlik direktori buyruği bilan taşkil etiladi.

5. Jamoatçilik kengaşining qarorlari tavsiyaviy xususiyatga ega.

6. Jamoatçilik kengaşi öz faoliyatida Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyişlariga, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyişlariga, Agentlik direktorining buyruqlariga, mazkur Nizomga hamda boşqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

A’zolarining Jamoatçilik kengaşining maqsad yoki asosiy vazifalari doirasidan çetga çiqib, Jamoatçilik kengaşi Agentlik bilan kelişilmagan holda bildirgan fikr-mulohazalari hamda sodir etgan xatti-harakatlari Jamoatçilik kengaşining nuqtai-nazarini anglatmaydi;

7. Jamoatçilik kengaşi töğrisidagi Nizom va unga kiritiladigan özgartişlar hamda qöşimçalar Agentlik direktori buyruği bilan tasdiqlanadi.

8. Agentlik Jamoatçilik kengaşi a’zolarini korrupsiyaga qarşi bilim va könikmalarini oşiriş maqsadida öquv kurslarini taşkil etadi.

2-bob. Maqsadi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari (9–11-bandlar)

9. Jamoatçilik kengaşining maqsadi Özbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş böyiça olib borilayotgan siyosat va çora-tadbirlarning samaradorligini oşirişga kömaklaşişdan iborat.

Mazkur maqsadga erişiş uçun Jamoatçilik kengaşi quyidagi vazifalarni amalga oşiradi:

  • Korrupsiyaning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş sohasida Agentlik va jamoatçilik örtasida samarali muloqotni yölga qöyiş;
  • korrupsiyaga qarşi kuraşiş siyosati va çora-tadbirlarini takomillaştiriş böyiça jamoatçilik muhokamalarini taşkil etiş;
  • fuqarolik jamiyati institutlari va biznes hamjamiyati bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarşi kuraşiş siyosati, strategiyasi va çora-tadbirlari samaradorligini oşiriş böyiça takliflar işlab çiqiş;
  • korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida qabul qilingan qarorlar va qonun hujjatlarining natijadorligi, şuningdek, turli darajadagi davlat boşqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari va xöjalik yurituvçi subyektlar tomonidan öz funksiyalari va vazifalarini bajariş sifati va samaradorligi töğrisida Agentlik xabardorligini oşiriş;
  • BMT Korrupsiyaga qarşi konvensiya obzori jarayoniga fuqarolik jamiyati institutlarining jalb etilişiga kömaklaşiş;
  • korrupsiyaga qarşi kuraşiş yönalişidagi tarğibotga kömaklaşiş va unda fuqarolik jamiyati institutlarining iştirokini muvofiqlaştiriş;
  • Jamoatçilik kengaşlarining tartib-qoidalarini takomillaştiriş yuzasidan ilğor tajriba asosida tavsiyalar işlab çiqiş;
  • davlat organlari tomonidan oşkor qilinadigan ma’lumotlarning hisobdorligi, oçiqligi va sifati töğrisida ma’lumotlar tayyorlaş;
  • fuqarolik jamiyati bilan boğliq loyihalarni monitoring qiliş;
  • Agentlik faoliyati töğrisida jamoatçilik fikrini kuzatib boriş, tahlil qiliş va ular orasida ijobiy fikr şakllantirişda Agentlikka yaqindan kömak beriş;
  • Agentlik faoliyatining şaffofligini monitoring qiliş;
  • birgalikda muloqot qiliş, Agentlikning nodavlat notijorat taşkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari bilan samarali hamkorligini ta’minlaş uçun Agentlikni fuqarolar bilan boğlab turadigan “köprik” rolini bajariş;
  • mamlakatda korrupsiyaning tarqaliş darajasi (turli-xil davlat xizmatlarini körsatiş jarayonidagi korrupsiyaviy holatlar, ularning turlari, şakllari, sxemalari) töğrisida Agentlikni xabardor qiliş;
  • fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat xizmatlari körsatiş yoki tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga soliş tizimining işlaşi bilan boğliq bölgan murojaatlar yuzasidan Agentlikni xabardor qiliş;
  • Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatçilik palatasiga korrupsiyaning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş sohasida jamoatçilik nazoratining samarali tizimini şakllantiriş, “jamoatçilik eşituvi”, “jamoatçilik ekspertizasi”, “jamoatçilik monitoringi” kabi ta’sirçan zamonaviy nazorat şakllarini amalda joriy etişga kömaklaşiş;
  • Agentlik faoliyatini jamoatçilik fikri va ommaviy axborot vositalarida yoritiş böyiça bajarilayotgan işlarning natijalarini tahlil qiliş, ularning samaradorligini oşiriş va mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan takliflar işlab çiqiş.

10. Jamoatçilik kengaşi zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajariş uçun:

  • kun tartibidagi masalalar, hujjatlar loyihalari, korrupsiyaga qarşi kuraşiş siyosatini muayyan hudud, soha va tarmoqlarda amalga oşirilişi natijalari böyiça oğzaki yoki yozma ravişda özining ekspert fikrini bildiriş hamda muhokama qiliş;
  • jamoatçilik fikri va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan materiallarni Jamoatçilik kengaşi va Agentlik rahbariyatiga körib çiqiş uçun taqdim etiş;
  • Agentlik tomonidan taşkil etiladigan bölajak oçiq majlislar va boşqa ommaviy tadbirlar töğrisidagi axborotni oldindan oliş hamda mazkur tadbirlarda iştirok etiş;
  • Agentlik direktoriga jamoatçilik kengaşi vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflar kiritiş;
  • Agentlik yoki uning xodimlari ustidan kelib tuşadigan şikoyatlarni talab qilib oliş, örganiş va natijasi böyiça Agentlik tomonidan körib çiqilişi majburiy bölgan tavsiyalar beriş, şuningdek, korrupsiyaga qarşi kuraşiş siyosati hamda Agentlik faoliyatining samaradorligini oşirişga qaratilgan fuqarolarning takliflari bilan tanişib çiqiş;
  • Agentlik faoliyati samaradorligini oşiriş böyiça taklif va tavsiyalarni işlab çiqiş hamda amalga oşiriş uçun zarur bölgan Agentlikning axborotlari, statistika va boşqa materiallarini belgilangan tartibda oliş;
  • Agentlik tomonidan işlab çiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatçilik va ekspertlar muhokamasini ta’minlaşda iştirok etiş;
  • Jamoatçilik kengaşi öz faoliyatiga doir masalalar, bu borada qilinayotgan işlar hamda majlislarida muhokama qilinadigan masalalarni yoritiş böyiça ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qiliş;
  • yuklatilgan vazifalarni bajariş uçun konferensiyalar, forumlar, seminarlar, davra suhbatlari va boşqa tadbirlarni taşkil etiş huquqiga ega.

Jamoatçilik kengaşi a’zolari öz vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan vaqtinçalik işçi guruh, ekspertlar guruhlarini tuzişlari mumkin.

11. Jamoatçilik kengaşi öz faoliyatini amalga oşirişda:

  • jamoatçilik nazorati töğrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilişi;
  • Agentlik xodimlarining öz vakolatlari doirasida amalga oşiradigan faoliyatiga aralaşmasligi;
  • Agentlik xodimlari faoliyat körsatişi uçun tösqinlik qilmasligi;
  • fuqarolarning or-nomusi va qadr-qimmatini tahqirlaşga, ularning şaxsiy hayotiga aralaşişga yöl qöymasligi;
  • jismoniy va yuridik şaxslarning korrupsiyaga aloqadorligi töğrisida tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmasligi hamda aybsizlik prezumpsiyasi prinsipiga amal qilişi;
  • jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş davomida olingan axborotning, agar bunday axborotni tarqatiş qonun bilan çeklangan bölsa, maxfiyligiga rioya qilişi şart;
  • Jamoatçilik kengaşi nomidan intervyu beriş, uçraşuv, örganiş va boşqa ommaviy tadbirlarda iştirok etiş faqatgina kengaş raisini xabardor qilgan holda amalga oşiriş;
  • Jamoatçilik kengaşining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boşqa majburiyatlar ham bölişi mumkin.

Yuqoridagi talablarni bajariş Jamoatçilik kengaşi tarkibiga kiruvçi barça a’zolar uçun majburiydir.

3-bob. Tarkibini şakllantiriş va a’zolarning huquq va majburiyatlari (12–22-bandlar)

12. Jamoatçilik kengaşi a’zoligiga, qoida tariqasida, oliy ma’lumotga ega, korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida alohida bilim, könikmalarga ega bölgan, şuningdek, sohani rivojlantirişga qaratilgan amaliy takliflarni bera oladigan, sudlanmagan, zarur kasbiy fazilatlari bölgan, jamiyatda alohida e’tiborga ega bölgan, sohada namunali xizmat körsatgan mehnat faxriylari, jamoatçilik faoliyati sohalarida katta amaliy tajribaga ega obro‘-e’tiborli fuqarolar, şuningdek nodavlat notijorat taşkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari vakillari orasidan tanlov asosida qabul qilinadi.

Tanlov Agentlik tomonidan belgilangan muddatlar, talablar va şakllarga muvofiq ötkaziladi.

Jamoatçilik kengaşi a’zolarining soni 15 nafardan 25 nafargaça etib belgilanişi mumkin.

Bunda jamoatçilik kengaşi tarkibining kamida 20 foizini ayollar,

50 foizini nodavlat notijorat taşkiloti vakillari bölişi lozim.

13. Jamoatçilik kengaşining tarkibi Agentlik direktori buyruği bilan har

2 (ikki) yilda tasdiqlanadi.

Jamoatçilik kengaşining vakolat muddati yakunlanganidan söng öz faoliyatini tugatadi va Agentlik tomonidan belgilangan tartibda Kengaşning yangi tarkibi şakllantiriladi.

14. Jamoatçilik kengaşining tarkibiga uning raisi, rais örinbosari va a’zolari kiradi.

15. Jamoatçilik kengaşining raisi, rais örinbosari Agentlik direktori tavsiyasiga asosan, jamoatçilik kengaşining a’zolari orasidan saylanadi.

Saylangan rais, rais örinbosari, vakolat muddati Jamoatçilik kengaşi a’zolari tomonidan belgilanadi.

Agentlikning Jamoatçilik kengaşi işini taşkil etişga mas’ul xodimi bir vaqtning özida kengaş kotibi vazifasini ham bajaradi.

16. Quyidagi holatlarda jamoatçilik kengaşining raisi, rais örinbosari va a’zolari uning tarkibidan çiqarilişi mumkin:

  • kengaş tarkibidan çiqiş töğrisida ariza bilan murojaat qilganida;
  • huquqbuzarlik, şuningdek jamiyatda örnatilgan axloq qoidalari, hamda umum e’tirof etilgan normalarni qöpol ravişda buzuvçi va kengaş a’zosi nomiga doğ tuşiruvçi hamda jamoatçilik kengaşi obrösiga putur yetkazuvçi harakatlar, nojöya işlar sodir etganda;
  • Kengaş yoki Agentlik nomidan şaxsiy yoki boşqa manfaatlari yölida foydalanganda;
  • Kengaşi a’zolarining köpçilik fikri bilan ovozga qöyilganda va oddiy köpçilik ovozi bilan ma’qullanganda;
  • Nizomda nazarda tutilgan öz vazifalarini uzrli sabablarsiz muntazam ravişda, bajarmaganda, şu jumladan jamoatçilik kengaşning majlislarida iştirok etmaganda;
  • vafot etganda, şuningdek sudning qonuniy kuçga kirgan hal qiluv qarori asosida muomalaga layoqatsiz, bedarak yöqolgan yoki vafot etgan deb topilganda;
  • mazkur nizomning 11-bandida belgilangan majburiyatlarni bajarmaganda.

17. Jamoatçilik kengaşining tarkibi töğrisidagi ma’lumotlar va unga kiritilgan özgartişlar ular tasdiqlangan paytdan boşlab 5 (beş) kun içida Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

18. Jamoatçilik kengaşi raisi öz vakolatlari doirasida:

  • Jamoatçilik kengaşi faoliyatini taşkil etadi;
  • Majlislarga raislik qiladi;
  • Jamoatçilik kengaşi nomidan hujjatlarni imzolaydi;
  • Jamoatçilik kengaşi qarorlarini amalga oşiriş böyiça faoliyatni muvofiqlaştiradi;
  • Agentlik majlislarida maslahat ovozi huquqi bilan iştirok etadi;
  • Jamoatçilik kengaşining samarali işini ta’minlaş böyiça boşqa vakolatlarni amalga oşiradi.

19. Jamoatçilik kengaşining raisi bölmagan taqdirda, uning vakolatlari va majburiyatlarini rais örinbosari bajaradi.

20. Jamoatçilik kengaşi raisining örinbosari:

  • rais yöqligida jamoatçilik kengaşining majlislarida raislik qiladi;
  • Jamoatçilik kengaşi qarorlarining ijrosini nazorat qiliş böyiça işlarni taşkil etadi;
  • Jamoatçilik kengaşining vakolatiga kiradigan masalalar bilan boğliq murojaatlarni körib çiqadi va natijalari böyiça tegişli hujjatlarni tayyorlaydi;
  • Jamoatçilik kengaşi işini samarali taşkil etiş böyiça boşqa vakolatlarni amalga oşiradi.

21. Jamoatçilik kengaşining kotibi:

  • Jamoatçilik kengaşi faoliyatini uslubiy, taşkiliy-huquqiy va taşkiliy-texnik jihatdan ta’minlaş masalalarini hal qiladi;
  • Jamoatçilik kengaşining navbatdagi majlisiga barça zarur materiallar öz vaqtida tayyorlanişini ta’minlaydi, Agentlik xodimlaridan zarur hujjatlar va ma’lumotlarni sörab oladi;
  • kun tartibiga muvofiq Jamoatçilik kengaşi majlislari ötkazilişini taşkil etadi;
  • Jamoatçilik kengaşi ötkaziladigan sana, joy va taklif etiladigan şaxslar röyxatini jamoatçilik kengaşining raisi bilan kelişadi;
  • Jamoatçilik kengaşi a’zolarini va taklif etilgan şaxslarni jamoatçilik kengaşi majlisi ötkaziladigan joy, sana va vaqt haqida xabardor qiladi;
  • Jamoatçilik kengaşi qarorlarining ijro etilişi ustidan monitoring olib boradi va uning natijalarini jamoatçilik kengaşi majlisida körib çiqiş böyiça takliflar kiritadi;
  • Jamoatçilik kengaşi majlisining bayonnomasini rasmiylaştiradi va tasdiqlangan bayonnomaning Jamoatçilik kengaşi a’zolari hamda boşqa manfaatdor şaxslarga jönatilişini ta’minlaydi;
  • Agentlikning rasmiy veb-saytida Jamoatçilik kengaşining tasdiqlangan a’zolari haqidagi ma’lumotlarni, şuningdek ularning aloqa ma’lumotlari (telefon, poçta va elektron manzillari)ni tayyorlaydi va har çorakda Agentlikka taqdim etib boradi;
  • Jamoatçilik kengaşining yiğilişlari va kun tartibidagi masalalar töğrisidagi ma’lumotlarni Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qiliş uçun agentlikka taqdim etadi;
  • Ovoz beriş natijalarini inobatga olgan holda körib çiqilayotgan masala böyiça Jamoatçilik kengaşi tavsiyasi loyihasini tayyorlaydi va imzolaş uçun Jamoatçilik kengaşi raisiga kiritadi;
  • Jamoatçilik kengaşi kotibi Jamoatçilik kengaşi tarkibiga kirmaydi.

22. Jamoatçilik kengaşining a’zolari öz majlislarida körib çiqiladigan masalalarni muhokama qiliş va hal qilişda öz vakolatini boşqalarga ötkaziş huquqiga ega emas.

Jamoatçilik kengaşining a’zolari:

  • öz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajariş uçun Agentlik tomonidan taşkil etiladigan hay’at majlislarida va boşqa ommaviy tadbirlarda iştirok etadi;
  • Jamoatçilik kengaşi iş rejalarining loyihalarini tayyorlaydi, ularni Jamoatçilik kengaşida körib çiqiş uçun kiritadi va tasdiqlangan iş rejalari bajarilişini ta’minlaydi;
  • Agentlik faoliyatining samaradorligini oşiriş böyiça taklif va tavsiyalarni işlab çiqişda hamda amalga oşirişda qatnaşadi;
  • Agentlik xodimlari, ularning oila a’zolari bilan uçraşuvlar ötkazadi va ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlaş böyiça takliflarni Jamoatçilik kengaşiga kiritadi;
  • Jamoatçilik kengaşining kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tahliliy materiallar tayyorlaydi;
  • Jamoatçilik kengaşining zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq boşqa vakolatlarni amalga oşiradi.
4-bob. Yiğilişini taşkil etiş va ötkaziş tartibi (23–37-bandlar)

23. Jamoatçilik kengaşi faoliyatining asosiy masalalari uning majlisida körib çiqiladi. Jamoatçilik kengaşining majlisi Kengaş raisi u yöqligida esa uning örinbosari tomonidan zaruratga qarab, biroq yiliga kamida tört marta çaqiriladi.

Jamoatçilik kengaşining navbatdan taşqari majlisi Jamoatçilik kengaşi a’zolarining uçdan bir qismining yozma murojaati asosida çaqirilişi mumkin.

24. Jamoatçilik kengaşining majlisi ötkaziladigan vaqt, sana, joy va kun tartibi a’zolar e’tiboriga majlis bölişidan kamida uç kun oldin yetkaziladi.

Majlis bölişi haqidagi xabar Kengaş a’zolariga ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga xabarnoma jönatiş, uyali aloqa vositasiga qönğiroq qiliş, iş joyiga rasmiy xabarnoma jönatiş, agentlik rasmiy veb-saytida e’lon beriş va boşqa aloqa vositalari orqali ma’lum qilinişi mumkin.

25. Jamoatçilik kengaşining majlisi, agar unda jamoatçilik kengaşi a’zolarining kamida 50 foizdan ortiği (kvorum) iştirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.

Majlisni ötkaziş uçun kvorum şakllanmagan taqdirda, jamoatçilik kengaşining yangi majlisi ötkaziladigan sana e’lon qilinadi.

26. Jamoatçilik kengaşining majlisida iştirok etiş imkoni bölmagan holatlarda, uning a’zosi majlis kun tartibidagi masalalar böyiça öz fikrini yozma şaklda yuborişi mumkin. Bunda uning fikri majlisda körib çiqiladi va ovoz berişda hisobga olinadi.

27. Jamoatçilik kengaşining majlislariga boşqa davlat organlari, nodavlat notijorat taşkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari, ommaviy axborot vositalari taklif etilişi mumkin.

28. Jamoatçilik kengaşi majlislari onlayn, oflayn yoki gibrid formatda ham ötkazilişi mumkin.

29. Jamoatçilik kengaşi majlisi kun tartibining loyihasi kotib tomonidan Jamoatçilik kengaşi a’zolarining takliflari va jamoatçilik kengaşi raisining topşiriği asosida şakllantiriladi.

Şuningdek, Agentlik va kengaş a’zolarining taklifiga köra, Jamoatçilik kengaş majlislarida alohida muhim ahamiyatga ega bölgan masalalar kun tartibiga kiritilişi mumkin.

30. Jamoatçilik kengaşining qarori majlisda iştirok etayotgan jamoatçilik kengaşi a’zolarining oddiy köpçilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bölib qolgan taqdirda, Kengaş raisining ovozi hal qiluvçi hisoblanadi.

31. Jamoatçilik kengaşining har bir a’zosi qabul qilinayotgan qarorlar böyiça özining fikrini yozma şaklda ifodalaşga haqli. Uning fikri jamoatçilik kengaşi majlisining bayonnomasiga majburiy tartibda qöşib qöyiladi.

32. Jamoatçilik kengaşi a’zolari majlis yakuni böyiça agentlik tomonidan körib çiqilişi va qarorlar qabul qilinişi majburiy bölgan tavsiyalar qabul qiladi.

33. Jamoatçilik kengaşining majlisida qabul qilingan qaror bayonnoma bilan rasmiylaştiriladi. Jamoatçilik kengaşi majlisining bayonnomasi kotib tomonidan imzolanadi, majlisga raislik qiluvçi tomonidan tasdiqlanadi va uç kun muddatda Agentlikka, jamoatçilik kengaşi a’zolariga va manfaatdor şaxslarga yuboriladi.

34. Jamoatçilik kengaşining qarorini tezlik bilan qabul qiliş zaruriyati tuğilganda, uning raisi taşabbusi bilan qaror jamoatçilik kengaşining a’zolari bilan kelişilgan holda sörov yöli rasmiylaştiriladi.

Agentlik Jamoatçilik kengaşining qabul qilgan qaroriga qöşilmagan hollarda, jamoatçilik kengaşining qarorini olgan kundan boşlab ön kundan keçikmay unga asoslantirilgan e’tirozini yozma şaklda yuboradi.

35. Jamoatçilik kengaşining kotibi kengaş a’zolari kömagida Jamoatçilik kengaşi qarorlari ijrosining borişini örganadi va körib çiqadi, zarur bölgan hollarda, Jamoatçilik kengaşining raisiga tegişli takliflar kiritadi.

36. Quyidagi holatlar Jamoatçilik kengaşi faoliyati tugatilişiga sabab böladi:

  • Nizomda belgilangan vakolat muddati yakunlanganidan söng;
  • Öz zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni yetarli darajada bajarmaganda;
  • Agentlik faoliyati va işçanlik obrösiga putur yetkazilişga sabab böluvçi harakat yoki harakatsizlikni sodir etganda;
  • Kengaş a’zolari umumiy sonining 30 foizdan ortiq qismi a’zolikni tark etganda;
  • Jamoatçilik kengaşi majlisida iştirok etgan kengaş a’zolarining kengaş faoliyatini tugatiş töğrisidagi köpçilik ovozi bilan ma’qullangan qarori belgilangan taqdirda tasdiqlanganda;
  • Qonunda körsatilgan boşqa şu kabi agentlik faoliyatiga salbiy ta’sir ötkazuvçi noqonuniy harakat yoki harakatsizliklar sodir etilganda.

37. Agentlik direktorining buyruği Jamoatçilik kengaşi faoliyatining tugatiş uçun asos bölib xizmat qiladi.

5-bob. Yakunlovçi qoidalar (38–40-bandlar)

38. Jamoatçilik kengaşining faoliyatini moddiy-texnik jihatdan ta’minlaş Agentlik tomonidan, şuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan amalga oşiriladi.

39. Jamoatçilik kengaşining faoliyati uning Nizomiga va Özbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiqligi Agentlik direktori tomonidan nazorat qilinadi.

40. Jamoatçilik kengaşining qarorlari ustidan belgilangan tartibda şikoyat qilinişi mumkin.

Kengaş materiallari