Virtual qabulxona

"Korrupsiyaga qarshi sohada jurnalistik surishtiruvlar: vositalar, usullar va amaliyot"mavzusida amaliy trening o‘tkazildi

Asosiy yangiliklar 548 marta körilgan
"Korrupsiyaga qarshi sohada jurnalistik surishtiruvlar: vositalar, usullar va amaliyot"mavzusida amaliy trening o‘tkazildi
Joriy yilning 7–8 avgust kunlari Toshkent viloyatida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD) bilan hamkorlikda, Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida «Korrupsiyaga qarshi sohada jurnalistik surishtiruvlar: vositalar, usullar va amaliyot» mavzusida ikki kunlik amaliy trening tashkil etildi.
Mazkur tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BMTTDning «O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni mustahkamlash» qo‘shma loyihasi doirasida amalga oshirildi.

Treningda mamlakatning turli hududlaridan tanlov asosida saralangan 24 nafar jurnalist, bloger hamda jurnalistika fakultetlari talabalari ishtirok etdi. Ikki kun davomida ishtirokchilar Qozog‘iston va O‘zbekistonning yetakchi media ekspertlari rahbarligida surishtiruv jurnalistikasining zamonaviy usullarini o‘rganib, nazariy bilimlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamladilar.
Trening dasturi jurnalistik surishtiruvlarni yuqori professional darajada olib borish uchun zarur bo‘lgan qator yo‘nalishlarni qamrab oldi. Jumladan, ishtirokchilar:
- ochiq manbalardagi ma’lumotlarni qidirish va tahlil qilish (OSINT);
- foto va videomateriallarning haqqoniyligini tekshirish;
- katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilishda sun’iy intellekt imkoniyatlarini qo‘llash;
- huquqiy va raqamli xavfsizlikni ta’minlash; v axborot manbalari bilan ishlash etikasi;
- sifatli jurnalistik surishtiruv materiallarini tayyorlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Trening ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida jurnalistik surishtiruvlarni amalga oshirish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajriba va zamonaviy vositalarni o‘zlashtirish imkonini berdi. Bu kabi tashabbuslar mamlakatda mustaqil va professional jurnalistikani qo‘llab-quvvatlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda ochiqlik va hisobdorlik tamoyillarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar