Virtual qabulxona

Yosh dasturchilar korrupsiyaga qarshi innotvatsion yechimlar taklif etmoqda

Asosiy yangiliklar 728 marta körilgan

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda “Sarbon” universitetida “Aksilkorrupsiya xakatoni – 2026” bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu muhim tashabbus doirasida respublikaning barcha hududlaridan 18–35 yosh oralig‘idagi iqtidorli IT mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Dastlabki bosqichdayoq xakatonga qiziqish yuqori bo‘ldi — 600 nafardan ortiq yosh dasturchi ro‘yxatdan o‘tdi.

Uch kundan buyon ishtirokchilar 2–3 kishilik jamoalar tarkibida ochiq ma’lumotlardan samarali foydalanib, korrupsiyaga qarshi innovatsion va amaliy yechimlar ishlab chiqish ustida ishlamoqda.

Har bir jamoa o‘zining kreativ g‘oyasi va ilg'or tashabbuslari bilan ajralib turishga intilmoqda.

Bugun xakatonning eng muhim — final bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda eng yaxshi loyihalar saralanib, g‘oliblar nomi e’lon qilinadi.

Tadbir jarayonlarini rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring.

Ma'lumot uchun: Bu yilgi xakaton Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan "Sarbon" universiteti, Raqamli texnologiyalar vazirligi, "Oʻzmetkombinat" AJ, IT Park hamkorligida tashkil qilinmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar