Xodim manfaatlar töqnaşuvi yuzaga kelganini bilsa, qanday yöl tutişi kerak?
Xodim mavjud manfaatlar töqnaşuvi haqida öziga maʼlum bölgan paytdan boşlab 1 iş kuni içida belgilangan şakldagi xabarnomani quyidagilardan biriga taqdim etişi şart:
▫️bevosita rahbariga;
▫️taşkilot rahbari bölsa, yuqori turuvçi rahbarga;
▫️yoki maxsus bölinmaga.
Jumladan, quyidagi holatlarda manfaatlar töqnaşuvi haqida xabar berilişi lozim:
- yaqin qarindoşi xodimning bevosita böysunuviga işga qabul qilinganda;
- xodim faoliyatiga unga aloqador şaxs fuqarolik-huquqiy şartnoma asosida jalb etilganda;
- xodim öziga aloqador şaxslarga taalluqli masala böyiça qaror qabul qilişda iştirok etganda;
- uning yaqin qarindoşi tekşirilayotgan taşkilotda masʼul şaxs bölib işlaganda;
- boşqa har qanday mavjud manfaatlar töqnaşuvi yuzaga kelganda.
Muhim: xabarnoma tegişli qaror qabul qilinişidan oldin taqdim etilişi kerak.
Manfaatlar töqnaşuvini aniqlaş va tartibga soliş jarayonida olingan şaxsga doir maʼlumotlarning oşkor etilişiga yöl qöyilmaydi.