Virtual qabulxona

Xitoy va O‘zbekiston vakolatli organlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish va qonun ijodkorligi masalalari muhokama qilindi

Asosiy yangiliklar 2 254 marta körilgan

IV Toshkent Aksilkorrupsiya Forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov Xitoy kommunistik partiyasining Markaziy Qo‘mitasi intizomni tekshirish komissiyasi va Xitoy davlat nazorat komitetining (CCDI & NCS) Xitoy intizomni tekshirish va nazorat qilish akademiyasi (CADIS) Partiya komiteti kotibi va Direktor o‘rinbosari Liu Shuoni qabul qildi.

Uchrashuvda tomonlar idoralararo hamkorlikning joriy holati hamda yaqin istiqbolda amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar yuzasidan fikr almashdilar.

Xususan, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida BMT GJB ko‘magida amalga oshirilgan “Ipak yo‘li Iqtisodiy Kamari bo‘ylab joylashgan davlatlarda BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasini amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash orqali barqaror rivojlanishga ko‘maklashish” loyihasi tahlil qilinib, mazkur yo‘nalishda hamkorlikni davom ettirish masalalari muhokama qilindi.

Maʼlumot uchun: Xitoy Xalq Respublikasining Milliy nazorat komissiyasi mamlakatdagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha eng oliy organ bo‘lib, davlat xizmatida halollikni kuchaytirish, korrupsiyaning oldini olish va korrupsiyaviy jinoyatlarni tergov qilish, davlat organlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish kabi qator vakolatlarga ega.

2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Xitoy Xalq Respublikasi Milliy nazorat komissiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolangan.

Muhokamalar davomida O‘zbekistonda tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish Virtual akademiyasi doirasida davlat xizmatchilari uchun halollik masalalari bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda Xitoylik ekspertlarni jalb qilish va tajribasini o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Muhokamalar yakunida 2025-yilgi keng qamrovli idoralararo Hamkorlik dasturini ishlab chiqish va imzolash yuzasidan kelishuvga erishildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar