Virtual qabulxona

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunni amaliyotda bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash, uning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ijrochilarga yetkazish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Asosiy yangiliklar 1 517 marta körilgan

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunni amaliyotda bir xilda qo‘llanilishini ta‘minlash, uning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ijrochilarga yetkazish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xabaringiz bor, joriy yilning 5-iyun kuni O‘zbekiston Respub-likasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni imzolandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Qonunning amaliyotda bir xilda qo‘llanishini taʼminlash, mazmun-mohiyativa ahamiyatini ijrochilarga yetkazish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari D. Raximov rahbarligida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunining kuchga kirguniga qadar unda belgilangan talablar va mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bog‘liq masalalarni ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va banklarida o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etilgan.

Shunga ko‘ra, 31-iyul kuni “O‘zbekinvest EISK” AJda ishchi guruh aʼzolari tomonidan navbatdagi o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida yuqorida keltirilgan Qonun kuchga kirguniga qadar unda qo‘yilgan talablar, belgilangan vazifalar hamda mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Ishchi guruh aʼzolari tomonidan jamiyatdagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi, kadrlar tarmog‘i va Odob-ahloq komissiyasi aʼzolari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan yaqindan tanishildi va ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yana-da samarali tashkil etishga doir zarur tavsiyalar va amaliy ko‘nikmalar berildi.

Shuningdek, Jamiyatning markaziy va hududiy tizimidagi xodimlarga manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga oid qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Agentlik tomonidan Qonunning samarali ijrosini tashkil etishga qaratilgan tadbirlar izchillik bilan davom ettiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Qonun 2024-yilning 5-dekabr kunidan boshlab rasman kuchga kiradi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar