“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida Agentlik direktori Akmal Burxanov barchani eng ulug‘ ayyom bilan samimiy tabriklab, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashishga qaratilgan tizimli islohotlar tobora muhim ahamiyat kasb etib borayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.


Bayram tadbirida xizmat vazifalarini samarali bajargan xodimlar faxriy yorliq hamda tashakkurnoma bilan taqdirlandi, shuningdek, alohida faollik ko‘rsatgan bir guruh xodimlarga maxsus daraja unvonlari berildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati