Virtual qabulxona

Umumxalq xayriya hasharida Agentlik jamoasi ham faol ishtirok etdi

Asosiy yangiliklar 3 004 marta körilgan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashil makon” umumilliy loyihasi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni

“2030 yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlaridan iborat ekologik targ‘ibot guruhlarini tashkil etish va ekologik targ‘ibot o‘tkazish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma PDF

Yashillik darajasini oshirishga hissa qo‘shganlarga maxsus maqom berilishi belgilandi PDF

NomiYuklab olish
“Ekofaol xodim”lari ro‘yxatiPDFYuklab olish: “Ekofaol xodim”lari ro‘yxati, PDF

Umumxalq xayriya hasharida Agentlik jamoasi ham faol ishtirok etdi

Mamlakatimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida Agentlik jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Hamjihatlik, obodlik va yaratuvchanlik ramzi sanalgan ushbu xayrli tadbirda Agentlik joylashgan bino atrofi va ichki hududlari tartibga keltirildi, ko‘cha hamda yo‘laklar tozalandi, dov-daraxtlarni butalash va oqlash ishlari amalga oshirildi.

Agentlik hududida yaratilgan ko‘rkam va mo‘jazgina bog‘ manzarali daraxt va gul ko‘chatlari bilan yanada boyitildi.

Obod yurtimiz fayzi, bunyodkor xalqimiz farovonligiga hissa bo‘lib qo‘shiladigan bu kabi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini Agentlik jamoasi kelgusi faoliyatida ham davom ettiradi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Öxşaş materiallar