Virtual qabulxona

Toshkentda ilk bor korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha global mukofotning topshirish marosimi o‘tkaziladi

Asosiy yangiliklar 1 917 marta körilgan

O‘zbekiston ilk marotaba Qatar Amiri Shayx Tamim Ol Soniy tomonidan taʼsis etilgan “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yuksak mukofoti”ning tantanali taqdirlash marosimiga mezbonlik qiladi.

Mazkur nufuzli marosimda bir qator xorijiy davlatlar rahbarlari va boshqa oliy martabali mehmonlar, dunyoning 30 dan ziyod mamlakatidan yetakchi ekspertlar, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar, ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etadi.

Shuningdek, 2016-yildan buyon 5 nominatsiya bo‘yicha g‘olib deb topilgan 51 nafar mukofot sohiblari tashrif buyuradi.

Dunyo miqyosida korrupsiyaga qarshi kurashga katta hissa qo‘shib kelayotgan olimlar va tadqiqotchilar, jurnalistlar, innovatorlar va faol tashkilotlar orasidan bu yilning eng munosiblari 19-dekabr kuni Toshkentda taqdirlanadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar