Tashkilot va idoralarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari rahbari vakant lavozimlari uchun o‘tkazilayotgan ochiq tanlovlar bilan tanishing!
▫️Raqamli texnologiyalar vazirligi▫️O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi▫️Davlat aktivlarini boshqarish agentligi▫️Kinematografiya agentligi▫️Migratsiya agentligi▫️“O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi" AJ▫️“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ▫️“O‘zkimyosanoat” AJ▫️"O'zbek geologiya qidiruv" AJ▫️Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi
📌Eslatib o‘tamiz, Komplayens-nazorat tuzilmalari o‘z faoliyatida bevosita tashkilotning birinchi rahbariga bo‘ysunadi.
Tuzilma rahbarlarini ishga qabul qilish va lavozimidan ozod etish masalasi tashkilot tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarga ko'ra, tajriba tariqasida 5 ta idora — Sog‘liqni saqlash, Qurilish, Suv xo‘jaligi vazirliklari, “O‘zbekneftgaz” va “O‘zsuvtaʼminot” AJlarning komplayens nazorati Agentlikka o‘tkaziladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishagentligi
Axborot xizmati