Virtual qabulxona

Surxondaryodagi 38,5 mlrd so‘mlik davlat xaridida qonunbuzilishi aniqlandi

Asosiy yangiliklar 649 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan SurxondaryoQurilishInvest DM buyurtmasi asosida o‘tkazilgan davlat xaridida qonunbuzilish holati aniqlandi.

Xususan, davlat muassasasi tomonidan Boysun tumanidagi "Hongaronsoy" sel suv omboridan nasos stansiyasi va suv uzatish quvurlarini qurish orqali ekin maydonlarining suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha boshlang‘ich narxi 38,5 mlrd so‘mlik tender e’lon qilingan.

Xarid komissiyasining bayonnomasiga ko‘ra, ushbu davlat xaridida 36,5 mlrd so‘mlik taklif bilan “D.Y.T.” MChJ tanlov g‘olibi, 38,5 mlrd so‘mlik taklif bilan “M.I.T.” XK zaxiradagi g‘olib deb topilgan.

Aniqlanishicha, tenderning yana bir ishtirokchisi — “F.” MChJning soliq hisob varag‘iga noqonuniy aralashuv yo‘li bilan soliqdan qarzdorlik mavjudligi haqida soxta ma’lumot kiritilgan.

Natijada jamiyat “Shaffof qurilish” maxsus axborot platformasi orqali tender jarayonidan asossiz ravishda chetlashtirilgan.

Agentlik tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida mazkur xaridning bekor qilinishi ta’minlandi.

Shuningdek, holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar asosida hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tegishli huquqiy baho berilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar