Virtual qabulxona

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida korrupsiyaviy holatlarga qarshi keskin choralar ko‘rilmoqda

Asosiy yangiliklar 1 254 marta körilgan

Xususan, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda tizimda tegishli hujjat va dasturlar qabul qilinib, yangi tizim yo‘lga qo‘yildi.

Vazirlikning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi tizimda korrupsiyaviy xatti-harakatlarni aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan tadbirlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda amalga oshirib kelyapti.

Misol sifatida fuqaro G.M. telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali Toshkent shahridagi tuman tibbiyot birlashmalarida ishlayotgan “ishonchli” tanishlari yordamida poytaxtdagi har qanday shifoxonaga 1,5 – 2 mln. so‘m evaziga davolanish uchun imtiyozli yo‘llanma (order) tayyorlab berishini muntazam e’lon qilib kelgan.

Holat bo‘yicha vazirlikning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi tomonidan joriy yil 12 avgustda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazilib, ushbu fuqaro, uning sheriklari va bir necha tibbiyot xodimlari qo‘lga olindi.

O‘rganish jarayonida fuqaro M.Q.ning yonida davolanish uchun beriladigan orderlar borligi aniqlangan.

Hozirgi paytda mazkur holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish hamda dastlabki tergov harakatlari olib borish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. (t.me)

Eslatib o‘tamiz, PQ-147-son Prezident qaroriga (lex.uz) asosan huquqiy eksperiment tariqasida 5 ta idora, jumladan, Sog'liqni saqlash vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga o‘tkazildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar