Virtual qabulxona

Soğliqni saqlaş tizimida raqamlaştirişni kengaytiriş va korrupsiyaning oldini oliş borasidagi islohotlar

Asosiy yangiliklar 527 marta körilgan

Prezident Şavkat Mirziyoyevning soğliqni saqlaş va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uçraşuvida tibbiyotda sunʼiy intellektdan foydalaniş kölamini kengaytiriş va yangi texnologiyalarni joriy etiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Soğliqni saqlaş tizimida raqamlaştirişni kengaytiriş va korrupsiyaning oldini oliş maqsadida huquqiy eksperiment doirasida qator işlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, ötgan davrda:

  • "Yagona tibbiyot axborot tizimi" (DMED) da 20 dan ortiq funksional modul va raqamli xizmatlar joriy etilişi natijasida 4 mingta davlat tibbiyot taşkiloti, 8 mingga yaqin xususiy klinika, 11,5 mingdan ortiq dorixona va 38 milliondan ortiq fuqaro raqamli tizimlar bilan qamrab olindi;
  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 7 ta yangi xizmat joriy qilinib, xizmatlar soni 46 taga yetkazildi;
  • qoğoz şaklda yuritiladigan 99 ta tibbiy jurnal va blank raqamlaştirildi;
  • DMED tizimi orqali haj tadbiri uçun tibbiy maʼlumotnoma rasmiylaştiriş yölga qöyildi;
  • tibbiy xizmatlarning tezkorligi, şaffofligi va sifatini oşiriş maqsadida "Sirli mijoz" instituti joriy etildi;
  • oçiq tenderlar natijasida tibbiy uskunalar va dori vositalari xaridi böyiça 9 oyda byudjet mablağlarining 12 foizi tejab qolindi;
  • ilk marotaba Soğliqni saqlaş vazirligi apparati, hududiy boşqarmalar, ixtisoslaştirilgan markazlar va tizim taşkilotlarining korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça samaradorlik pasportlari yaratildi;
  • vazirlik tizimida korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça Loyiha ofisi işga tuşirildi.

Davlat rahbarining tegişli qaroriga muvofiq, huquqiy eksperiment tariqasida Soğliqni saqlaş vazirligining korrupsiyaga qarşi içki nazorat bölinmasi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tasarrufiga ötkazilgan.

Öxşaş materiallar