Virtual qabulxona

Sayxunobod tumanida o‘tkazilgan o‘rganish natijalari tanqidiy muhokama qilindi

Asosiy yangiliklar 716 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida Tuxtasheva tomonidan Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanini “Korrupsiyadan holi hududga aylantirish” dasturi ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalari tuman hokimi hamda dastur ijrosi uchun masʼul etib belgilangan tashkilot rahbarlari ishtirokida muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, Dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida tumanda 2025-yilda korrupsiyaviy jinoyatlar soni 11 tani tashkil etgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2024-yildagi 31 ta holatga nisbatan qariyb uch baravarga kamaygan.

Ayni paytda, ijobiy natijalarga qaramasdan, dasturda belgilangan ayrim vazifalar ijrosi yetarli darajada taʼminlanmayotgani tanqid qilindi.

Jumladan,tibbiyot muassasalarida xizmat ko‘rsatish jarayonlari shaffofligini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar belgilanmagani, fuqarolar murojaatlari tahlili asosida amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilmagani, shuningdek, maishiy korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan aniq mexanizmlar joriy etilmagani ko‘rsatib o‘tildi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarida 5 yildan ortiq muddat davomida faoliyat yuritib kelayotgan 31 nafar umumiy o‘rta taʼlim maktabi va maktabgacha taʼlim tashkiloti direktoridan 20 nafar direktori rotatsiya qilingan. Shundan atigi 2 nafari maktabgacha ta'lim muassasasi direktori ekanligi ta'kidlandi.

Yig‘ilish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, dasturning har bir bandi ijrosi bo‘yicha shaxsiy javobgarlikni kuchaytirish hamda nazoratni qatʼiylashtirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar