Virtual qabulxona

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining faoliyatiga oid korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori funksiyalar

Asosiy yangiliklar 1 080 marta körilgan

Davlat rahbarining 2022-yil 11-maydagi 240-son qaroriga muvofiq, bu yil e-anticor.uz elektron platformasi orqali Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining faoliyatiga oid jami 25 ta funksiyada korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholandi.

Baholash natijalariga ko'ra, funksiyalarning 7 tasida xavf-xatar darajasi “yuqori”, 17 tasida “o‘rta”, 1 tasida “past” darajada.

Jumladan:

  • tadbirkorlik subyektlarida nazorat ishlarini olib borish, xulosalar berish;
  • laboratoriya pulli xizmatlari yo‘nalishi;
  • bemorlarga yo‘llanmalar berish;
  • xodimlarni ishga qabul qilish va davlat xaridlari;
  • kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish berish kabi funksiyalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasi “yuqori” deb baholandi.

Hozirda Qo'mita tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dastur asosida mavjud xavf-xatarlarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Eslatib o'tamiz, korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori funksiyalari ko‘p bo‘lgan tashkilot "eng korrupsiyalashgan", korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan lavozimdagi shaxslar “korrupsioner” yoki aksincha korrupsiyaviy xavf-xatari asosan “past” bo‘lgan tashkilotlar "korrupsiyadan xoli" hisoblanmaydi.

Ushbu holatlar mazkur tashkilotlarda nazorat choralari yetarli yo‘lga qo‘yilganligi yoki aksincha qo‘shimcha nazorat choralari ko‘rilishi kerakligini, shu bilan birga, tashkilot rahbarlari korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan jarayonlar (funksiyalar) va funksiyalarni bajaruvchi lavozimlarni alohida nazoratga olishiga signal beruvchi omil sanaladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar