Virtual qabulxona

Samarqandda korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi qayta tashkil etildi

Asosiy yangiliklar 2 129 marta körilgan

Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlaridan iborat ishchi guruh Samarqand viloyatida o'rganishlar olib bordi.

Unda sog‘liqni saqlash, bandlik hamda bank tizimlarida korrupsiyaviy omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqishga alohida e'tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganishlar natijasi hamda viloyatda korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini muhokama qilish maqsadida joriy yilning 14-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari D.Raximov va Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi a’zolari ishtirokida Samarqand viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining taʼsis yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sohalarni raqamlashtirish, ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlashga qaratilgan choralar tahlil qilinib, Hududiy kengash a’zolarining faolligini oshirish, korrupsiyaning oldini olishga oid taklif va tashabbuslar ko'lamini kengaytirish muhimligi qayd etildi.

Xususan, davlatimiz rahbarining topshiriqlariga binoan Hududiy kengashda har oyda bir marta tanlab olingan soha bo‘yicha korrupsiyaviy omillarni bartaraf qilishga qaratilgan ishlarni tanqidiy muhokama qilish hamda ushbu soha rahbarlarining axborotlarini eshitish zarurligi aytib o‘tildi.

Shuningdek, yig‘ilishda Samarqand viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining yangilangan yillik ish rejasi hamda Jomboy tumanini korrupsiyadan xoli hududga aylantirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" tasdiqlandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar