Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil
Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil
Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining ijtimoiy buyurtmasi asosida o‘tkazilgan tanlovda O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati g‘olib deb topilgan loyihasi bo'yicha shartnoma bekor qilingani to‘g‘risida tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi:

“Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunga asosan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan “Ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlarni korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga keng jalb etish” mavzusidagi loyihani (loyiha qiymati – 500 mln so‘m) amalga oshirish bo‘yicha ijtimoiy buyurtma berilgan.

Agentlikning ijtimoiy buyurtmasi asosida Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi (Oliy Majlis fondi) mablag‘larini boshqarish bo‘yicha parlament komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tanlov natijasi bo‘yicha “Ezgulik” jamiyati g‘olib deb topilgan (2025-yil 15-sentyabr) va uch tomonlama shartnoma elektron tizim orqali imzolash uchun Agentlikka kelib tushgan.

Biroq, ushbu shartnoma kelib tushgan vaqtda quyidagi omillar uning imzolanmasligiga asos bo‘ldi.

Birinchidan, Agentlikka “Ezgulik” jamiyatining bir guruh aʼzolari tomonidan Jamiyat raisi – A.Tashanovning noqonuniy xatti-harakatlari, xususan ajratilayotgan ijtimoiy buyurtma, grant va boshqa mablag‘larni shaxsiy ehtiyojlari yo‘lida o‘zlashtirib kelayotganligi yuzasidan jamoaviy murojaati kelib tushdi (2025-yil 22-sentyabr).

Murojaatda Jamiyat raisining o‘tgan yillar davomida olingan ayrim loyiha mablag‘lari o‘zlashtirib yuborilganiga oid vajlarning mavjudligi – Agentlikning kelgusida ushbu Jamiyat bilan hamkorlikda u yoki bu loyihani amalga oshirish samaradorligiga ishonch hosil qilish uchun ularga oydinlik kiritish zaruratini keltirib chiqardi.

Shunga ko‘ra, murojaatda nazarda tutilgan vajlarning asosliligini har tomonlama o‘rganish uchun mazkur murojaat manfaatdor tashkilotlarga yuborildi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha rasmiylashtirilgan maʼlumotnomada Jamiyat tomonidan ayrim xarajatlar Jamoat fondi bilan tuzilgan shartnoma talablariga amal qilinmasdan ishlatilganligi aniqlangan. Adliya vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi xatida Davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi Nizomning (Parlament komissiyasining 24.02.2025-yildagi 01-10/3-son qarori bilan tasdiqlangan) 10.1-10.4-bandlariga muvofiq, yuqoridagi holatlar yuzasidan Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining xulosasi olinishi lozimligi ko‘rsatilgan.

Shundan kelib chiqib, 2025-yil 5-dekabr kuni ushbu holatlar bo‘yicha Oliy Majlis fondiga Jamiyat tomonidan shartnoma talablariga amal qilinmaganligi holatlarini vakolat doirasida ko‘rib chiqishni so‘rab xat yuborilgan.

Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyatining institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha parlament komissiyasining 29-dekabrdagi 01-10/54-son qarori bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining davlat ijtimoiy buyurtmasi bo‘yicha g‘olib deb topilgan ikkita loyihasini moliyalashtirish bekor qilingani maʼlum bo‘ldi.

Maʼlumot uchun: Oliy Majlis fondi davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish bo‘yicha tanlov tashkil etadi, Parlament komissiyasi Oliy Majlis fondi tomonidan kiritilgan fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy buyurtmalari loyihalarini ko‘rib chiqadi, baholaydi va g‘oliblarni aniqlaydi, mablag‘ ajratish haqida yoki buyurtmani bekor qilish haqida qaror qabul qiladi. Mazkur jarayonlarda buyurtma bergan davlat tashkiloti ishtirok etmaydi.

Aytish joiz, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining buyurtmalari asosida 2025-yilda nodavlat notijorat tashkilotlar uchun korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida 3 mlrd 761 mln so‘mlik mahalliy va xalqaro grantlar eʼlon qilindi. Natijada ularni korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlariga jalb etish ko‘rsatkichlari o‘tgan yilga nisbatan 40 foizga, 2022-yilga nisbatan esa 4 baravarga oshdi.

Qayd etish lozimki, “EZGULIK” inson huquqlari jamiyati raisi A.Tashanov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga tashrif buyurganida, unga mazkur masala yuzasidan atroflicha tushuntirish berildi.

Uchrashuv yakunida Agentlik kelgusida Jamiyat bilan hamkorlikda ishlashga tayyorligi bildirildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bundan buyon ham NNTlarning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga va Oliy Majlis fondi tomonidan ushbu yo‘nalishda NNTlarga taqdim etiladigan grant va ijtimoiy buyurtma mablag‘lari miqdori oshirilishi va o‘z egalariga yetib borishi tarafdori ekanligi maʼlum qilinadi.

Shu o‘rinda, Agentlik ijtimoiy tarmoqlar orqali davlat organlari va ularning mansabdor shaxslarining qadr-qimmati, ishchanlik obro‘sini asossiz kamsituvchi va yolg‘on xabarlar tarqatganlik – qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantiradi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar