Rahbar kadrlarning korrupsiyaga qarshi barqarorligi darajasini baholash bo‘yicha Germaniya tajribasi o‘rganildi
Joriy yilning 14-may kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) hamkorligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Rahbar kadrlarni baholash markazi, ekspertlar kengashi aʼzolari hamda davlat tashkilotidagi ichki nazorat tuzilmalari xodimlari uchun Germaniyalik halqaro eksperti Ingo Sorgatsu ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.


Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.01.2025 yildagi “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini “Atrof-muhitini va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-16-son Farmoni 10-ilovasi 25.1, 25.2-bandlari, ya'ni mamlakatda rahbar kadrlarni korrupsiyaga moyiligini baholash tizimini joriy qilish ijrosi yuzasidan Germaniya Federativ Respublikasining sohaga oid ilg‘or tajribasi asosida o‘quv seminar tashkil qilishdan iborat bo‘ldi.

Shunga ko‘ra, mazkur tadbirda Germaniya halqaro eksperti Ingo Sorgatsu seminar ishtirokchilarga Germaniya davlatida davlat xizmatchilarda hallolik xissini oshirishga hamda korrupsiyaga qarshi kurashishdagi amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼruza qilib berdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati