Virtual qabulxona

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari muhokama qilindi

Asosiy yangiliklar 735 marta körilgan

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda hududlarda shaharsozlik faoliyatiga oid yo‘nalishlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalariga bag‘ishlangan tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda vazirlik mas’ullari, tizim tashkilotlari rahbarlari, hududiy va tuman boshqarmalari rahbarlari hamda komplayens nazorati bo‘yicha mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Davlat arxitektura nazorati departamenti tomonidan hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari muhokama qilindi.

Hududlar kesimidagi tahlillarga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarning salmoqli qismi Jizzax, Andijon, Buxoro, Namangan, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlariga to‘g‘ri kelishi qayd etildi.

Yig‘ilishda faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy choralar ko‘rish masalasi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, korrupsiyaviy xavflarning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, xodimlar bilan profilaktik va individual ishlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Muhokama yakunida mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish va shaharsozlik sohasida belgilangan talablarga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar