Virtual qabulxona

Qo'mita yig'ilishida Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy maʼruza ko'rib chiqildi

Asosiy yangiliklar 1 441 marta körilgan

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofiq, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy maʼruzasi tayyorlanib, Oliy Majlis palatalariga tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun kiritildi.

O‘tgan yilgidan farqli ravishda bu yilgi Milliy maʼruzada:

➖ korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi qilingan amaliy ishlar;

➖ islohotlarning hududlardagi ijrosi;

➖eksperiment tariqasida boshlangan loyihalar natijasi;

➖korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi zamonaviy mexanizmlarning yaratilishi aks ettirildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining bugun bo'lib o'tgan yigilishida Milliy maʼruza ko'rib chiqilib, muhokama qilindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar