Virtual qabulxona

Samarqand viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ochiqlikning taʼminlanishi o‘rganildi

Asosiy yangiliklar 507 marta körilgan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30 dan ortiq qarorlari bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy hukumatlar moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida mablag‘lar sarflanishi jarayonida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash vazifasi yuklatilgan.

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov rahbarligidagi ishchi guruh Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi“Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish loyihasi doirasida Samarqand viloyatining Toyloq tumanida amalga oshirilayotgan ijtimoiy loyihalar bilan tanishishdi.

Ma’lumot uchun: loyiha qiymati 293,45 mln AQSh dollari bo‘lib, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining 21 ta tumanidagi 157 ta mahallalarida amalga oshiriladi.

Loyiha doirasida Toyloq tumanining 4 ta (“Madaniyat”, “Muborak”, “Vorsin” va “Xonchorvoq”) mahallalari tanlab olingan bo‘lib, ushbu hududlarda 22 ta sublohiyalarni amalga oshirish nazarda tutilgan.

Loyiha doirasida Toyloq tumanining “Muborak” mahallasidagi ijtimoiy loyihalar bilan tanishish maqsadida 13 va 14-son umumta’lim maktablari hamda 13-son maktabgacha ta’lim tashkilotida bajarilgan qurilish ishlari o‘rganildi.

Shuningdek, mahalladagi ichki yo‘llarni qurish, elektr tarmog‘ini o‘tkazish, piyodalar yo‘lagini qurish, suv inshootlarini qurish kabi loyihalar mahalliy aholi bilan birgalikda ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida loyihani amalga oshirishga mas’ul shaxslar, mahalla faollari hamda mahallada loyiha doirasida tashkil etilgan “Tashabbuskor guruhlar” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etilib, hududda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari samarali bo‘lishi, mablag‘larning maqsadli sarflanishi uchun jamoatchilikning faolligi muhimligi ta’kidlandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan investitsiya loyihalari doirasida mablag‘lar sarflanishi jarayonida ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha nazorat tadbirlari doimiy ravishda o‘tkazib boriladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar