Virtual qabulxona

Qashqadaryoda #Yoshxabardor: “Yoshlar korrupsiyaga qarshi” loyihasi doirasida treninglar o'tkazildi

Asosiy yangiliklar 2 208 marta körilgan

Joriy yilning 25-26 aprel kunlari Qashqadaryo viloyati yoshlari uchun “Yuksalish” harakati Search Uzbekistan tashkiloti bilan hamkorlikda AQSh Davlat departamentining Demokratiya, inson huquqlari va mehnat byurosi moliyaviy ko'magida #Yoshxabardor: “Yoshlar korrupsiyaga qarshi” loyihasi doirasida treninglar tashkil etildi.

Loyihadan ko'zlangan maqsad — O‘zbekistonda davlat organlarining korrupsiyaga qarshi sa’y-harakatlarida yoshlar ishtirokini kuchaytirish, ularning korrupsiyaga qarshi xavfsiz va konstruktiv tarzda kurashish bo‘yicha yangi ko‘nikmalarga ega bo‘lishida amaliy ko‘mak ko‘rsatish.

Ma’lumot uchun. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-oktabrdagi 527-sonli qaroriga asosan, Agentlik Loyihani amalga oshirishda tashkiliy-uslubiy jihatdan ta’minlab boradigan davlat tashkiloti hisoblanadi.

Shuningdek, Loyiha 18 oy mobaynida Jizzax, Qashqadaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilib, yoshlarning sohalardagi korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan dasturlari uchun kichik grantlar ajratiladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Öxşaş materiallar