Virtual qabulxona

Qarindoshlarning birga ishlashlarini cheklash to‘g‘risidagi qoidalardan istisnolarga yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan davlat tashkilotlari xodimlarining ro‘yxati

Asosiy yangiliklar 2 053 marta körilgan

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-sonli qarori bilan qarindoshlarning birga ishlashlarini cheklash to‘g‘risidagi qoidalardan istisnolarga yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan davlat tashkilotlari xodimlarining ro‘yxati tasdiqlandi.

Ma’lumot uchun, Mehnat kodeksining 121-moddasiga ko‘ra, o‘zaro yaqin qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslarning (ota-ona, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotin, shuningdek er-xotinning ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat tashkilotida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishiga yoki uning nazorati ostida bo‘lishiga bog‘liq bo‘lsa taqiqlanadi.

Ushbu qoidadan istisnolar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi mumkin.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar