Virtual qabulxona

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sudyalar oliy kengashi raisining axboroti bilan tanishdi

Asosiy yangiliklar 937 marta körilgan

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida korrupsiyaga yoʻl qoʻyish — islohotlarga xiyonat hisoblanishi taʼkidlanib, mamlakatimizda bu illatga qarshi kurashish boʻyicha joriy yilda “favqulodda holat” eʼlon qilingan edi.

Shu sababli, sudlar davlat hokimiyatining alohida boʻgʻini sifatida “korrupsiyadan xoli” tizimga aylanishida namuna boʻlishi lozimligi qayd etildi.

Taqdimotda sudya va ularning oila aʼzolari mol-mulkini deklaratsiya qilishni yoʻlga qoʻyish, sud apparati xodimlari orasida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan komplayens nazorat tizimini joriy etish, sud apparati xodimlarini ishga olishning ochiq tartibini yaratish kabi tashabbuslar ilgari surildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar