Virtual qabulxona

“O’zShaharsozlik LITI” DMda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Asosiy yangiliklar 532 marta körilgan

Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul xodimi ishtirok etib sohada korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish hamda halollik tamoyillarini mustahkamlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berib o’tdi.

Shuningdek, korrupsion jinoyatlarning huquqiy oqibatlari hamda xizmat faoliyatida qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Yigʻilish yakunida korrupsiyaga qarshi profilaktika ishlarining samaradorligini oshirish, ichki nazorat mexanizmlarini takomillashtirish hamda belgilangan vazifalarni sifatli va oʻz vaqtida ijrosini taʼminlash boʻyicha masʼul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar