Virtual qabulxona

“O‘zmetkombinat” AJda faol yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Asosiy yangiliklar 775 marta körilgan

“O‘zmetkombinat” AJda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov hamda kombinat bosh direktori Bahodir Abdullayev ishtirokida faol yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda Agentlik direktori yoshlar kelajagimiz poydevori, yurtimiz taraqqiyoti va ravnaqi uchun eng muhim kuch ekanini, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yurtimizda yoshlarga oid siyosat yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi.

Bugungi kunda Kombinatda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 1143 nafar yosh xodim faoliyat yuritayotgani alohida e’tiborga loyiq, bu — korxonaning bugungi mehnat salohiyatining muhim qismi, ertangi rahbarlik va mutaxassislik zaxirasi degani. Shu sababli yoshlar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish haqida gaplashganda, masalaga faqat tarbiyaviy nuqtai nazardan yondashish to‘g‘ri emas, biz yoshlarni korrupsiyaga qarshi siyosatning obyekti emas, uning faol subyekti sifatida ko‘rishimiz kerak,– dedi Akmal Burxanov.

Uchrashuvda “Korrupsiyani oldini olish klasteri” doirasida ishlab chiqilgan “Raqamli kombinat” loyihasiga start berildi.

Bunda “O‘zmetkombinat” AJda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda:

  • kombinatda korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimini joriy etish;
  • raqamlashtirish va ochiqlikni ta’minlashga oid dasturiy ta’minotlar yaratish;
  • yoshlarning korrupsiyaga oid tashabbus va startaplarini qo‘llab-quvvatlash;
  • xodimlarni “Korrupsiyaga qarshi virtual akademiya”da o‘qitishni tashkillashtirishga oid ishlar amalga oshiriladi.

Uchrashuv yakunida yoshlarning fikr va mulohazalari, ular tomonidan bildirilgan takliflarga alohida e’tibor qaratildi. Yoshlar tomonidan berilgan savollarga to‘liq va asoslantirilgan javoblar qaytarildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar