Virtual qabulxona

“O‘zbekneftgaz” AJ komplayens nazoratini Agentlikka o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi

Asosiy yangiliklar 1 120 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari D.Raximov hamda “O‘zbekneftgaz” AJ rahbariyati o‘rtasida ishchi uchrashuv o‘tkazildi.

Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengash yig‘ilishida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar, vazifa va topshiriqlarning samarali ijrosini taʼminlash, jumladan, Aksiyadorlik jamiyatining komplayens nazoratini Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Muhokama mobaynida neft-gaz sohasida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi xavf-xatarlari yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarga alohida eʼtibor qaratilib, nazorat choralarini kuchaytirish lozimligi taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida neft va gaz sohasida faoliyat yurituvchi ilg‘or korxonalarda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini har tomonlama oshirish yuzasidan hamkorlikdagi aniq amaliy choralar belgilab olindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar