Virtual qabulxona

“O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni mustahkamlash” qo‘shma dasturi doirasidagi loyiha: natija va rejalar

Asosiy yangiliklar 723 marta körilgan

Yig’ilishda loyiha doirasida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar, ularning natijadorligi hamda 2026-yilga rejalashtirilgan amaliy harakatlar muhokamalar markazida bo’ldi.

Ma`lumot uchun: Loyiha Korrupsiyaga qarshi kuarshish agentligi, BMT Taraqqiyot dasturi (BMT TD) bilan hamkorlikda, Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda.

Agentlik direktorining o‘rinbosari U.Tuxtasheva o‘z nutqida loyiha doirasida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar natijalariga alohida e’tibor qaratdi.

Xususan, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga ekspertlik takliflari bildirildi, fuqarolik jamiyati institutlari qo’llab-quvvatlandi, ularning malakasi oshirildi, hududlardagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish choralari ko’rildi hamda bir qator muhim mavzularda amaliy tadqiqotlar o‘tkazildi.

Muloqot davomida qo‘shma loyiha doirasida amaliy natijalar taqdimoti o‘tkazildi.

Ekspertlar ko'magida korrupsiya haqida xabar beruvchilarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi;

Transparency International bilan hamkorlikda Milliy halollik tizimini baholash yakunlandi;

501 nafar korrupsiyaga qarshi hududiy kengash vakillari uchun mamlakatning barcha 14 hududida maxsus treninglar o‘tkazildi;

7 ta hududda (Jizzax, Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo, Farg‘ona, Namangan va Surxondaryo viloyatlari) korrupsiyaga qarshi loyiha vakillari faoliyati yo‘lga qo‘yildi;

222 nafar mahalliy davlat hokimiyati organlarining komplayens va ichki nazorat xodimlari uchun treninglar o‘tkazildi;

25 nafar jurnalist korrupsiya bilan bog‘liq surishtiruvlarni olib borish va ushbu mavzuni ma’lumotlarga asoslangan holda yoritish bo‘yicha treninglardan o‘tdi;

13 ta NNT korrupsiyaga qarshi tashabbuslari uchun kichik grantlar dasturi orqali qo‘llab-quvvatlandi.

Yig`ilish davomida 2026-yildagi rejalarga ham alohida to’xtalib o’tildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiyasi loyihasini takomillashtirish,

Korrupsiyaga qarshi kurashish mintaqaviy tadqiqot markazi tadqiqotlarini qo’llab-quvvatlash;

“Halollik orollari” loyihasi qamrovini kengaytirish, fuqarolik jamiyati institutlarini monitoring jarayonlariga keng jalb etish rejalashtirilayotgani ham ma’lum qilindi.

Korrupsiyaga qarshi kuarshish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar