Virtual qabulxona

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

Asosiy yangiliklar 937 marta körilgan

Islomobod shahrida bo‘lib o‘tgan Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif Qo‘shma deklaratsiya va Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi bayonnomani imzoladilar.

Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini qamrab olgan 30 ga yaqin muhim hujjatlar qatorida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitim ham alohida ahamiyat kasb etadi.

Mazkur bitim Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Pokiston Islom Respublikasi Milliy hisobdorlik byurosi o‘rtasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba almashish asosida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish maqsadida imzolandi.

Ushbu kelishuv tomonlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi institutsional salohiyatini oshirish, ilg‘or tajribalarni joriy etish hamda uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar