Virtual qabulxona

O‘zbekiston tojikistonlik hamkorlar bilan tajribasini bo'lishmoqda

Asosiy yangiliklar 747 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umed Mavlyanov O‘zbekistonga tashrif buyurgan Tojikiston Respublikasining Davlat moliyaviy nazorati va korrupsiyaga qarshi kurash agentligi vakillarini qabul qildi.

Tashrifning asosiy maqsadi – O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, samarali mexanizmlar va raqamlashtirish jarayonlari bilan yaqindan tanishish va O‘zbekiston tomoni tajribasini o‘rganishga qaratilgan.

Ikki kunlik tashrif dasturiga muvofiq, tojikistonlik hamkorlarga mamlakatimizda BMT Taraqqiyot dasturi va Koreya aksilkorrupsiya idoralari bilan hamkorlikda joriy etilgan tizim va elektron platformalar, ular asosida erishilayotgan natijalar taqdimot qilinmoqda.

Maʼlumot o‘rnida: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Davlat moliyaviy nazorati va korrupsiyaga qarshi kurash agentligi o‘rtasida 2022-yilda hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolangan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar