Virtual qabulxona

O‘zbekiston metallurgiya kombinatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi

Asosiy yangiliklar 539 marta körilgan

Mamlakatimizda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik sanoat korxonalari, jumladan, O‘zbekiston metallurgiya kombinatida mablag‘lardan oqilona foydalanish, xarid jarayonlari va moliyaviy ochiqlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, har qanday yirik investitsiya loyihasi va ishlab chiqarish jarayoni faqatgina ochiqlik, adolat va qonun ustuvorligi tamoyillariga asoslangandagina kutilgan iqtisodiy samarani beradi.

Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov O‘zbekiston metallurgiya kombinatida korrupsiyaviy omillar va xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Sohada zamonaviy texnologiyalar va yagona boshqaruv tizimlarini joriy etish orqali nafaqat ishlab chiqarish unumdorligi oshmoqda, balki shubhali holatlar va suiiste’molchiliklarning oldi olinmoqda, shuningdek, inson omilini kamaytirish, shaffoflikni ta’minlash maqsadida zamonaviy raqamli komplayens tizimlari va elektron nazorat mexanizmlari joriy etilmoqda.

Ma’sullarga sohada zamonaviy texnologiyalarni chuqur o‘zlashtirgan mutaxassislar tayyorlash, ularni halollik va korrupsiyaga murosasizlik tamoyillari asosida o‘qitish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar