Virtual qabulxona

O‘zbekiston delegatsiyasi ishchi tashrif bilan Qatarda bo‘lib turibdi

Asosiy yangiliklar 1 551 marta körilgan

2023-yil dekabr oyida o‘tkazilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yuksak xalqaro mukofoti” bilan tantanali taqdirlash marosimi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan vazifa va topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbariyati va masʼul xodimlaridan iborat O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ayni paytda Qatar davlatida bo‘lib turibdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Doha shahrida huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Xususan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A.Burxanov hamda Qatar davlati Qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi kurashish markazi, Davlat audit byurosi, Maʼmuriy nazorat va shaffoflik idorasi vakillari o‘rtasida uchrashuvlar bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Mazkur muloqotlarda ikki davlat korrupsiyaga qarshi kurashishga masʼul idoralarining o‘zaro hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash va sohada amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Öxşaş materiallar