Özbek tili bayrami kuniga bağişlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ötkazildi
Til millatning özligi, maʼnaviyatini ifoda etsa, sanʼat uning jozibasini oçib beriş, maʼnaviy dunyoni boyitişga xizmat qiladi.
21-oktabr — Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligida ötkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda şu muştarak qadriyatlar haqida söz bordi.

Özbek tilining davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlaş, nufuzini yuksaltiriş va uning imkoniyatlaridan keng foydalaniş masalalariga alohida urğu berildi.
Tadbir doirasida "Favvora Film" kinostudiyasi tomonidan suratga olingan "Begonalar yurmas bu yerda" badiiy filmi namoyiş etildi.

Film ssenariy muallifi va rejissori Nabi Razzoqov, ijodiy jamoa aʼzolari hamda taniqli sanʼatkorlar iştirokidagi uçraşuvda asarda kötarilgan muammolar muhokama qilindi.

Poraxörlik va taniş-bilişçilikning inson taqdiriga taʼsirini oçib beruvçi film bir muhim haqiqatni eslatadi: korrupsiya faqat qonunbuzarlik emas, balki vijdon va insof sinovi, halollik esa tanlovdir.

Film ijodkorlari bilan uşbu illatning salbiy oqibatlarni kino sanʼati orqali keng yoritişga qaratilgan hamkorlikni davom ettirişga kelişib olindi.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi
Axborot xizmati