Virtual qabulxona

O‘zaro ishonchli va manfaatli hamkorlikning yangi istiqbollari muhokama qilindi

Asosiy yangiliklar 814 marta körilgan

Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbariyati hamda Tojikiston Respublikasi Davlat moliyaviy nazorati va korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining o‘rinbosari Sulaymon Talbakzoda Talbak o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida ikki mamlakatning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hamkorligi doirasida erishilayotgan natijalar sarhisob qilinib, kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar, qo‘shma tashabbuslar va hamkorlikning yangi istiqbollari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun: ikki idora o‘rtasida 2021-yilda hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolangan.

Uchrashuvda mazkur memorandum har ikki tomonning ilg‘or tajribalar almashinuvini kengaytirish, milliy amaliyotni boyitish hamda korrupsiyaning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta'kidlandi.

Xususan, Sulaymon Talbakzoda sohadagi o‘zaro ishonchli va manfaatli hamkorlik so‘nggi besh yil davomida izchil va samarali rivojlanib borayotganini, bu borada O‘zbekistonning tashabbuskorligi va amaliy sa'y-harakatlarini alohida e'tirof etdi.

Muloqot yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qo‘shma loyihalar ko‘lamini oshirish hamda samarali sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar