Virtual qabulxona

O‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Asosiy yangiliklar 1 384 marta körilgan

Jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi Ijrochi kotibi Sergey Teterukov bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ma'lumot o'rnida: Yevroosiyo guruhi Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishda moliyaviy choralar ishlab chiquvchi xalqaro tashkilot – FATFning mintaqaviy guruhi hisoblanadi.

Yevroosiyo guruhiga a’zo davlatlar: Belarus, Hindiston, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston.

Uchrashuvda S.A.Teterukov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligi va huquqni qo‘llash amaliyotida FATFning xalqaro standartlari samarali tatbiq etib kelinayotganligini alohida ta’kidladi.

Jumladan, 2020-2022 yillarda mamlakatimizning mazkur sohadagi milliy tizimi Yevroosiyo guruhining o‘zaro baholashidan muvaffaqiyatli o‘tganligi e’tirof etdi.

Shu munosabat bilan hamda Yevroosiyo guruhining 40-yalpi majlisi qaroriga muvofiq, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Raximov “Yevroosiyo guruhi faoliyati va rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun” medali bilan taqdirlandi.

Uchrashuv yakunida FATFning xalqaro standartlarini qonunchilikka samarali tatbiq qilishda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar