Virtual qabulxona

Oliy taʼlim va sog‘liqni saqlash tizimlarida "Korrupsiyasiz soha" loyihasining ijrosi o‘rganildi

Asosiy yangiliklar 2 362 marta körilgan

Agentlik direktori Akmal Burxanov boshchiligidagi Ishchi guruhning Andijon viloyatidagi o‘rganishlari mobaynida oliy taʼlim va sog‘liqni saqlash tizimida "Korrupsiyasiz soha" loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Xususan, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida talabalarga yaratilgan sharoitlar, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan ichki meʼyoriy hujjatlar va tartib-qoidalar, jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish rejasi, odob-axloq qoidalari, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish siyosati bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi.

Andijon viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazida esa korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining joriy etilganligi holati o'rganildi. Ishonch telefonlari, bepul dori vositalari va tibbiy xizmatlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni aholi eʼtiboriga yetkazilganligi kabi holatlarga alohida e'tibor qaratildi.

Markaz faoliyatida tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish sifati, dori-vositalarining taʼminlanganlik holati o‘rganildi.

O‘rganishlar mobaynida aniqlangan kamchiliklarni barataraf etish yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Öxşaş materiallar